Google bemorning o‘limini oldindan aytib bera oladigan sun’iy ong yaratdi

  •   Saroy
  •  852
  •  21.06.2018 13:15

Google bemorning o‘limini oldindan aytib bera oladigan sun’iy ong yaratdi

Google’ning shu’ba kompaniyasi –  Medical Brain bemorning holatini tahlil qiladigan va o‘limini oldindan ayta oladigan algoritm yaratdi.

O‘qitish jarayonida  sun’iy ong turli xastaliklar bilan og‘rigan  200 mingdan ziyod bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rgandi va tahlil qildi. Endi ushbu bilimlar shifokorlar uchun juda asqotishi mumkin.

Tizim nafaqat o‘lim holatlarini aniqlay oladi, balki bemorning davolanish imkoniyatlari va remissiya ehtimolini ham oldindan aytib beradi. Ya’ni, sun’iy ong bemor yaqin oylarda kasalxonaga qayta tushishi ehtimolini ham oldindan ayta oladi. Ushbu ma’lumotlar yordamida shifokorlar bemorning kasalxonadan chiqish muddatini cho‘zib turishi mumkin.

O‘QING: Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

Bemorga “hukm” o‘qishdan oldin, algoritm uning kasallik tarixini, avvalgi tashxislarini, laboratoriya tadqiqatlari natijalarini, yoshini, jinsi va irqini hamda davolayotgan vrachning qaydnomalarini shuningdek,  avval birorta ham neyrotarmoq “o‘qiy olmagan” eski diagramma ko‘rsatkichlarini  tahlil qilib chiqadi.

Google’ning ta’kidlashicha, tizim  bemorning ahvolini 95 foiz aniq ayta oladi, qolaversa buni u hozirda mavjud dasturiy ta’minotlarga qaraganda ancha tez bajaradi.

Hozircha, dasturchilar o‘zlarining algoritmlarini qanday ishlatishi yoki uni kimga sotishi mumkinligi  haqida aytishga shoshilmayapti. Chamasi, kasalxonalar ushbu tizimni ishlatish uchun yoki litsenziya, yoki  yangi bulutli xizmatni sotib oladi.

O‘QING: LG dunyodagi birinchi «sun’iy ong»li kir yuvish mashinasini chiqaryapti

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!