Google bepul taksi xizmatini ishga tushiradi

Google bepul taksi xizmatini ishga tushiradi

Shu yilning dekabr oyida Google(Waymo) o‘zining taksi xizmatlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Xizmatda mashinalar bepul va xaydovchisiz bo‘lishi mumkin. Ya’ni yo‘nalishlar va xizmatlar avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Xaydovchining keragi yo‘q! Bu haqda "O Biznese" nashri xabar bermoqda.

Xizmat qanchalik aniqlikda bo‘ladi, qancha vaqt sarflanadi, qancha vaqt tekin, boshlash sanasi va boshqa ma’lumotlar rasman e’lon qilingani yo‘q. Bu qanchalik darajada o‘zini oqlashi haqida bir so‘z deyish qiyin, ammo 2017 yilda “xaydovchisiz taksi“ Finiks shahrida sinovdan o‘tkazilgan edi.

O‘QING: Google smartfon xotirasini tozalovchi bepul menejerini boshqa nom va dizayn bilan yangiladi

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning dekabrida ushbu xizmatdan ko‘ngillilar bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu bilan mutaxassislar odamlarning fikrini, shuningdek, taksi xizmatining barcha imkoniyatlarini tekshirib ko‘rmoqchi.

Bundan tashqari, ba’zi taksilarda xaydovchilar ham bo‘lishi aytilmoqda. Ular yo‘lovchilarni taksi xizmatlari bilan tanishtiradi, foydalanishni o‘rgatadi, kerak bo‘lganda avtopilotni ishga tushirishni ko‘rsatib beradi.

Google hozircha taksi xizmatlarini AQShning 25 ta shahrida sinov tariqasida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Keyin esa boshqa davlat kompaniyalari bilan hamkorlik qilishi mumkin.

O‘QING: Google rahbarining hatto 11 yashar o‘g‘li ham kriptovalyuta topyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!