Google Chrome eSpectr’dan himoyalandi, lekin xotira iste’moli ortdi

  •   Saroy
  •  534
  •  13.07.2018 11:08

Google Chrome eSpectr’dan himoyalandi, lekin xotira iste’moli ortdi

Meltdown va Spectre’ning ojiz tomoni bilinib qolgandan keyin ko‘plab zamonaviy protsessorlarda ishlaydigan brauzer dasturchilari yangi toifadagi hujumlar xavfini kamaytirishga harakat qilmoqda. Bu borada Google yaratgan yechimlardan biri,  Site Isolation funksiyasi bo‘ldi. Ushbu funksiya allaqachon, Chrome 67 versiyalarining birida foydalanilmoqda.

O‘QING:Android P haqida yangi ma’lumot: hayratda qolishingiz turgan gap

Site Isolation Spectre’dan ancha ishonchli himoyani ta’minlaydi. Bundan shuni tushinish mumkinki, brouzer domen ostidagi har bir saytda alohida rendering protsessi yaratiladi. Natijada,  xakerlar zararli sahifalar orqali boshqa manbalardan zarur ma’lumotlarni o‘g‘irlay olmaydi. Amma muammoni shu yo‘l bilan hal qilishning bitta kamchiligi bor, ya’nii ko‘p miqdordagi protsesslar tufayli oddiy holatlarda ham xotira iste’mol qilish ko‘rsatkichi 10-13 foizga ortib ketadi. Boshqa tomondan olib qaraganda, dasturchilar aniq taymerlarni va  boshqa imkoniyatlarni qaytara oladi, veb-syorfing xavfsizligini o‘ylab bir vaqtlar bulardan voz kechilgan edi.

O‘QING:Spotify Lite testdan o‘tmoqda

Yangi funksiyani testdan o‘tkazish ishlari o‘tgan qishda boshlangan edi. Hozir esa jamoa Android uchun himoyani ta’minlash ustida isholib borishmoqda, biroq uning hatto tajribaviy namunasi ham 68-chi relizdan erta chiqmaydi, deyiladi xabarda.

O‘QING:Nihoyat, Google Play’da o‘zbekistonliklar ham merchant akkaunt ochib, daromad olishlari mumkin – bu nimani anglatadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!