Google Chrome firibgar saytlarga qarshi urush ochdi: undan qanday foydalanamiz?

  •   DiMaX
  •  943
  •  04.02.2019 16:16

Google Chrome firibgar saytlarga qarshi urush ochdi: undan qanday foydalanamiz?

Qidiruv giganti o‘zining Chrome brauzerini takomillashtirishda davom etmoqda. Ayni damda unga firibgarlar tomonidan ochilgan «egizak» saytlardan himoyalanish funksiyasi joriy etilmoqda.

O‘QING: Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

«Egizak» sayt degani, masalan – google.com o‘rniga go0gle.com nomi bilan ochilgan saytlardir. Foydalanuvchi manzilni terishda adashib yoki qidiruv natijalari orasidan xato tanlab bulardan qalbakilariga kirib ketishi mumkin. Bu soxta saytlarni ochgan firibgarlar esa ularga kirganlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashadi.

Google Chrome brauzeri endi shunday hollarda foydalanuvchini ogohlantirib, original saytga yo‘naltiradi. Ushbu funksiya brauzerning Canary jamlanmasida sinovdan o‘tkazib ko‘rilgan va barqaror versiyasida tajribaviy opsiya sifatida joriy etilgan.

Mazkur himoyadan foydalanish uchun Google Chrome brauzerini ochib, manzil qatoriga mana buni terasiz: chrome://flags/#enable-lookalike-url-navigation-suggestions (yoki nusxalab olib tashlaysiz) va Enter tugmachasini bosasiz. Shu yerda tegishli opsiyani faollashtirib, o‘zingizni ana shunday firibgarlardan foydalanasiz.

Agarda bu funksiya kerak bo‘lmasa, istalgan paytda yana shu manzilga kirib, bu opsiyani uzib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!