Google ilovalari pulli bo‘lyapti – endi smartfonlar qimmatlaydimi?

  •   DiMaX
  •  1120
  •  17.10.2018 13:34

Google ilovalari pulli bo‘lyapti – endi smartfonlar qimmatlaydimi?

Dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan mobil operatsion tizim – Android tarkibida uning sohibi – Google kompaniyasining standart ilovalari mavjud. Endi smartfonsozlar o‘z qurilmalarida shu servislar ishlashi uchun «qidiruv giganti»ga alohida haq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi

Bu holat Google yaqinda Yevropa Kengashi komissiyasi tomonidan jarimaga tortilishi bilan bog‘liq. Shu sababli kompaniya Android-qurilmalar ishlab chiqaruvchilar bilan tuziladigan shartnoma shartlarini o‘zgartirayotir.

Sodda qilib aytganda, bundan keyin smartfonsozlar o‘zlarining har bir modeldagi qurilmasiga Google servislaridan qay birini o‘rnatishni o‘zi hal etishadi. Har bir o‘rnatiladigan ilova uchun ular Google’ga alohida haq to‘lashadi; tegishli kelishuv doirasiga kirmagan ilova (masalan, Play Market, YouTube yoki Xaritalar) esa shu rusumdagi smartfonlarda umuman ishlamaydi.

Yangi qoidalar 2018 yilning 29 oktyabridan, faqatgina Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, shuningdek Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya hududida sotiladigan qurilmalar uchun amal qiladi.

Tabiiyki, bu hol kelajakda smartfonlar narxiga ham ta’sir etishi mumkin. Ayni damda esa ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi Android-smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 625 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn tarzda olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Google tez orada Android’dan voz kechishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!