Google kompaniyasi Allo messenjerini taqdim etdi. Nima u?

Google kompaniyasi Allo messenjerini taqdim etdi. Nima u?

Google 21 sentyabr kuni yangi mobil messenjer — Allo’ni taqdim etdi. Korporatsiya uni, yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladigan va topshiriqlarni bajara oladigan sozlangan boti borligi sabab, “aqlli messenjer” deb atayapti. Meduza nashri Allo yana nimalari bilan e’tiborga molik ekanligiga aniqlik kiritdi.

1. Virtual yordamchi. Bu Allo’ning eng asosiy o‘ziga xosligi. Foydalanuvchi bot bilan xohlasa bevosita muloqot qilishi, istasa do‘stlari bilan suhbatiga uni “chaqirishi” mumkin. Yordamchi bir necha murakkab bo‘lmagan topshiriqlarni bajara oladi, masalan: “Mushukchalar ishtirokidagi videoni ko‘rsat”, “Ob-havo haqida ma’lumot ber”, “Uyg‘otadigan soatni qo‘y”, “Yaqin orada sushi tanovul qilsa bo‘ladigan joyni ko‘rsat” kabi. Ba’zida u, o‘z yordamini taqdim etish maqsadida, suhbatlaringizga ham aralashadi — masalan, siz “tilga olgan” joy aynan qayerda ekanligini ko‘rsatish maqsadida. Hozircha bu yordamchi faqat ingliz tilida ishlaydi (kompaniya keyinroq boshqa tillarni ham qo‘llab-quvvatlashga va’da bermoqda).

2. Javoblarni oldindan ko‘rsatish. Allo’ning yana bir “aqlli” funksiyasi; bu funksiya ko‘pdan beri Inbox pochta dasturida ham bor edi. Ba’zida ilova ehtimoliy javoblarning bir necha matnini ko‘rsatadi (yoki javob o‘rnida emodzilar ham bo‘lishi mumkin). Bu funksiyadan ham hozircha faqat ingliz tilida foydalanish mumkin.

3. Shifrlangan chatlar. Allo’da Telegram’ning himoyalangan chatlariga o‘xshash “Inkognito” rejimi bor. Bu rejimdagi yozishmalaringizga virtual yordamchi aralashmaydi, xabarlarni esa oldindan ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida avtomatik ravishda o‘chib ketadigan qilib qo‘yish mumkin.

4. Katta shriftlar, stikerlar va boshqalar. Allo’da boshqa barcha messenjerlarning asosiy funksiyalari mavjud: stikerlar va fotosuratlarni oldindan tahrirlab (masalan, ustiga barmoq bilan biror nima chizib) jo‘natish imkoniyati. Bundan tashqari, ilova dasturda xabarlar shriftini o‘zgartirish mumkin: “Yuborish” tugmasi ustiga bosilsa, slayder paydo bo‘ladi — uning yordamida matnni xohlang kattalashtiring, xohlang kichraytiring.

5. Bu messenjer paranoiklar uchun emas. Yozishmalar shifrlanadi, biroq Google’ning robotlari ularni baribir o‘qiy oladi. Avvalroq xabarlar serverlarda uzoq vaqt saqlanib qolmasligiga aytilgan edi, biroq, hozir ma’lum bo‘lishicha, Allo’dagi oddiy yozishmalar o‘chirilmaydi. Google’dagilarning so‘zlariga ko‘ra, bu sun’iy idrokning bilimini oshirish istagi bilan bog‘liq: uning “aqli” ortib borishi uchun ko‘proq va yanada ko‘proq axborot kerak. Shu sababli sayyoramizning birinchi raqamli paranoiki hisoblangan Edvard Snouden Allo’dan foydalanmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.

6. Bularning baridan faqat telefonlarda foydalanish mumkin. Google dasturning kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasi chiqarilishi mumkinligini istisno qilmayapti, biroq hozircha Allo’dan faqat iOS va Android operatsion tizimlarida foydalanish mumkin.

Google Allo

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!