Google kompaniyasi Fichsia nomli operatsion tizim ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Google kompaniyasi Fichsia nomli operatsion tizim ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Android va Chrome operatsion tizimlari orqali Google ushbu segmentda jahondagi yetakchi o‘rinni egallab bo‘lganligi hech kimga sir emas.  Android Police resursida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, texnologik gigant yana bir  – Fichsia nomli operatsion tizim ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Yangi operatsion tizim Android va Chrome singari Linux bazasida yaratilmaydi. Bu esa kompaniya Fichsia operatsion tizimini har qanday hajm, shakl va kattalikdagi qurilmalarga o‘rnatishni rejalashtirgani haqida dalolat beradi.  Chunki Fichsia asosini tashkil qiluvchi Little Kernel yadrosi va uning Magenta nomli komponenti operatsion tizimni kuchli protsessor hamda katta hajmli tezkor xotiraga ega bo‘lgan zamonaviy telefonlar va kompyuterlarga o‘rnatish imkoniyatini beradi.

Aynan qaysi maqsadda Google mazkur operatsion tizimni ishlab chiqayotgani haqida hali aniq ma’lumot mavjud emas. Taxminlarga ko‘ra, u virtual reallik yoki robototexnika sohasida ham qo‘llanilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.