Google Maps toza havo topishga yordam beradi

Google Maps toza havo topishga yordam beradi

Endi siz keyingi piyoda yoki velosipeddagi sayringizni toza havo bor joylarda o'tkazishingiz mumkin, chunki endi iOS va Android uchun Google Maps ilovasi havo sifatini ko'rsatadigan yangi funksiyaga ega bo'ldi va bunda havo sifati indeksi hukumat tomonidan turli xil agentlikdalardan yig'ilgan ma'lumotlardan foydalangan holda to'g'ridan-to'g'ri xaritada ko'rsatiladi.

Yangi funksiya bilan endilikda xaritada havo ko'rsatkichi indeksi tugmalari paydo bo'ladi va unga bosilganida, o'sha joydagi havo sifati haqida yanada ko'proq ma'lumot olish mumkin bo'ladi.

"Siz havo sifati indeksini (AQI), havo qanchalik sog'lom (yoki nosog'lom) ekanligini ko'rsatuvchi ko'rsatkich, shuningdek, ochiq havoda mashg'ulotlarga oid ko'rsatmalar, ma'lumotlar oxirgi marta qachon yangilanganligi va batafsil ma'lumot olish uchun havolalarni ko'rasiz." deydi Google.

Afsuski, yangilanish hozircha AQSh uchun chiqarilgan.

O'QING: iOS 16 tizimning yana bir yangi funksiyasi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!