Google’ning «orzu plansheti»ni tomosha qilamiz

  •   DiMaX
  •  1114
  •  25.01.2018 16:56

Google’ning «orzu plansheti»ni tomosha qilamiz

Hozirda planshetlarning tashqi ko‘rinishi va funksiyalariga ko‘ra turlari ko‘p – noutbukka aylanuvchi transformerlar, gibrid-planshetlar ham bor. Ammo bu qurilmalar dizayni borasida izlanishlar davom etayotir.

O‘QING: Eng yaxshi zamonaviy planshet-transformerlar

Dizayner Michio Peypers esa o‘zgacha bir gadjet dizaynini o‘ylab topdi va konsept modelini yaratdi. Link deb nomlanuvchi ushbu devays tarkibiga planshet, klaviatura va smart-kolonka kiradi – ularni yaxlit apparat sifatida birlashtirish mumkin. Stilus hamda tachpad esa alohida keladi, ammo ular ham shu uslubda ishlangan.

Michio Peypers fikricha, bunday qurilmani Google ishlab chiqarishi mumkin. Mazkur devaysning asosiy o‘ziga xosliklari – mobillik va «aqlli» uyni boshqara olishdir.

Google Link qurilmasining turli suratlari bilan batafsil tanishish uchun unga bag‘ishlangan maxsus sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: 2017 yilning xaridorgir devayslari reytingi e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!