Google otasiz qolmoqda

Google otasiz qolmoqda

Google asoschilari hisoblangan Sergey Brin va Larri Peyj Alphabet kompaniyasining rahbarlik lavozimidan ketishayotganligini e’lon qilishdi.

Bugungi kunga qadar, Peyj ijrochi direktor lavozimini bajarib kelgan, Brin esa kompaniya prezidenti edi. Endi Alphabet bosh direktori lavozimini Google'ga rahbarlik qilayotgan Sundar Pichai egallaydi.

Brayn va Peyj ochiq xatida Alphabet ishi allaqachon tugatilganligi, uning tarkibidagi turli kompaniyalar mustaqil ravishda ishlashayotganligi va shundan kelib chiqqan holda, kompaniyaning boshqaruv tizimini soddalashtirish vaqti kelganligini ta’kidlashgan.

Alphabet kompaniyasiga 2015 yilda Brin va Peyj tomonidan asos solingan va Google'ning "ota-onasi"ga aylangan. Shunga qaramay, Google jamoatchilik nazarida kompaniyaning yuzi bo‘lib qolmoqda. 

Sundar Pichai rahbariyatdagi o‘zgarishlar Alphabet'ning kun tartibiga ta’sir qilmasligini bildirdi. U Alphabet'ni boshqarishda uzoq muddatli istiqbollar va bo‘lajak o‘zgarishlar nuqtai nazaridan ish olib borish bilan birga, bir vaqtning o‘zida Google'ga ko‘proq e’tibor qaratishda davom etishini ta’kidladi.

Shuningdek, Brin va Peyj direktorlar kengashi a’zolari, aksiyadorlar va kompaniya ta’sischilari sifatida intensiv faoliyatini davom ettirishini va Pichai bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazib turishni ma’lum qilishdi.

O‘QING: "Okay, Google: Menga o‘zing haqingda gapirib ber!"

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!