Google Pixel 2’ning ilk renderlari paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1289
  •  15.06.2017 12:09

Google Pixel 2’ning ilk renderlari paydo bo‘ldi

Twitter’ning Xitoydagi analogi – Weibo ijtimoiy tarmog‘ida hali rasman taqdim etilmagan Google Pixel 2 smartfonining renderlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Ferra.ru sayti.

Tarmoqda e’lon qilingan suratga ko‘ra, Pixel 2 modelining displeyi yupqa romli old panelni to‘liq qoplab oladi. Qurilmaning asosiy kamerasi qo‘shaloq – gorizontal joylashgan ikkita moduldan iborat bo‘ladi. Dizaynining boshqa jihatlari esa o‘tgan yilgi original Google Pixel telefonidagi singari qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Google’ning Pixel qurilmasi amalda tezkor ishlashi bo‘yicha yetakchilar qatorida turadi. Google Pixel 2 hamda Pixel XL 2 smartfonlari joriy yilning oktyabrida namoyish etilishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!