Google Pixel 3 XL flagmani Geekbench’da: atigi 4 GB tezkor xotira! (+«jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  1191
  •  03.08.2018 13:09

Google Pixel 3 XL flagmani Geekbench’da: atigi 4 GB tezkor xotira! (+«jonli» suratlar)

Qidiruv gigantining flagman smartfon borasidagi qarashlari hamisha o‘ziga xos bo‘lgan. Masalan, hamma smartfonsozlar o‘zlarining ilg‘or modellarida qo‘shaloq kamera qo‘llashga o‘tganida, Google bitta datchikli kamera bilan ham qoyilmaqom suratlar olish mumkinligini isbotlagan.

O‘QING: Eng kuchli kameraga ega smartfon, nihoyat suratga olib ko‘rdi

Google’ning bu yil kutilayotgan flagmani – Pixel 3 XL modelida ham kamera qo‘shaloq emas, balki bittagina sensorli bo‘ladi. Gadjetning yaqindagina internetda tarqalgan «jonli» rasmlari ham bundan dalolat:

Lekin yakka datchikli kamera ham hali hammasi emas: Pixel 3 XL smartfonining tezkor xotirasi bor-yo‘g‘i 4 gigabaytga teng ekan! Aksariyat kompaniyalar o‘zlarining smartfonlarini 6–8 gigabaytlik tezkor xotira bilan kuchaytirayotgan, 10 gigabaytlik «operativka»ga ega smartfonlar eshik qoqib turgan bir paytda Google’ning bu qilig‘ini qanday baholash mumkin endi!?

O‘QING: ZTE 10/256 GB xotirali fantastik smartfon tayyorlamoqda! (+video)

Darvoqe, Pixel 3 XL tezkor xotirasi haqidagi ma’lumot Geekbench servisining bazasidan olingan. Yaqinda bu benchmarkda sinab ko‘rilgan mazkur flagmanning samaradorlik ko‘rsatkichlari ham aytarli baland emas: yakka yadroli testda 2426, ko‘p yadroli imtihonda esa – 8355 ball, xolos.

Shu paytgacha tarqalgan xabarlarga qaraganda, Google mazkur flagmaniga Qualcomm Snapdragon 845 protsessorini o‘rnatgan. Pixel 3 XL eng so‘nggi – Android P operatsion tizim talqini bilan chiqarilishiga esa shubhalanmasa ham bo‘ladi.

O‘QING: Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)