Google Pixel 3 XL smartfonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  934
  •  08.06.2018 11:59

Google Pixel 3 XL smartfonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ring!

Qidiruv giganti o‘zining Pixel 2 smartfonlarini taqdim etgach, o‘tgan yilning ularning uchinchi avlodini ham tayyorlay boshlagan. Ushbu seriyada uchta model bo‘lishi va ular Crosshatch, Albacore hamda Blueline kodli nomlari ostida tayyorlanayotgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Google allaqachon Pixel 3 smartfonlarini tayyorlamoqda

XDA Dev forumida Google Pixel 3 XL rusumli qurilmaning ilk «jonli» rasmlari e’lon qilindi. Shu paytgacha faqat mish-mishlarda ma’lum bo‘lib kelgan xususiyatlar mazkur fotosurat bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Rasmlarga qaraganda, uchinchi avlod Pixel smartfoni ham oldingilari dizaynida bo‘lib, ulardan farqi – ekranining tepasida «o‘yiq» mavjud. Shuningdek, uning xususiyatlari ham qisman ma’lum bo‘lgan: 4 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira.

Google Pixel 3 XL orqa panelida yakka modulli va fotochaqnoqli kamera ko‘zga tashlanadi, pastroqda o‘rtada esa barmoq izi skaneri joylashgan.

Kuzatuvchilarning taxminicha, bu – Pixel 3 XL modelining ko‘p sonli prototiplaridan biri bo‘lishi ham mumkin. Rasmiy taqdim etiladigan smartfon bundan farqli chiqishi ehtimoli mavjud, bularga oktyabrda uzil-kesil aniqlik kiritiladi. Ungacha ham qidiruv gigantining smartfonlari haqida ma’lumotlar, suratlar, videolar chiqishi mumkin. Baridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lib borish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Android 9.0 P tizimli Google Pixel 3 flagmanini tomosha qilamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!