Google Pixel'lar narxi haqidagi ma’lumot sizib chiqdi

Google Pixel'lar narxi haqidagi ma’lumot sizib chiqdi

Twitter'dagi @evleaks akkaunti foydalanuvchisi bo‘lgan taniqli liker Evan Blass yaqinda taqdim qilinishi kutilayotgan Google Pixel 4 va Pixel 4 XL smartfonlarining Kanada dollaridagi narxlarini oshkor qildi.Unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi Pixel 4'ning 64GB lik talqini uchun 1,049.95 Kanada dollari (787.97 AQSh dollari), 128GB lik versiyasi uchun esa 1,199.95 Kanada dollari (900.42 AQSh dollari) so‘ramoqda. 64GB lik Pixel 4 XL'ni esa 1,199.95 Kanada dollari (900.42 AQSh dollari), 128GB ligini esa 1,359.95 Kanada dollari (1,020.37 AQSh dollari) ga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Texnik jihatlariga to‘xtalib o‘tsak, aytish mumkinki, Pixel 4 va Pixel 4 XL'larda "Jonli subtitr" nomli funksiya mavjud bo‘lib, u videolarning audiosini real vaqt rejimida yaratib, ekranda ko‘rsatadi. Gadjetlarda, shuningdek, to‘qqizta ilovada qo‘llab-quvvatlanuvchi yangicha Harakatni sezish rejimi ham bor.

Hozirgacha tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, smartfonlar Qualcomm Snapdragon 855 chipida ishlab, 6GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Orqa kamera jamlanmasi esa qo‘sh kamerali bo‘lib, 12 megapikselli asosiy linza va 16 megapikselli telefoto kameradan iborat bo‘ladi.

Kichikroq hajmli Pixel 4'ga esa 5.7 dyuym kattalikdagi 90Hz 1080p+ OLED displey, 2 800 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lsa, Pixel 4 XL 6.3" 90Hz 1440p+ OLED panel va 3 700 mA/soatli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, kompaniya Pixel Buds quloqchinlarining navbatdagi — Pixel Buds 2 talqinini 15 oktyabrdagi Made by Google marosimida taqdim qilishi ham aytilmoqda. 

Xulosa:

•64GB lik Google Pixel 4 787.97 AQSh dollari turadi.

•64GB lik Pixel 4 XL 900.42 AQSh dollari turadi.

•Har ikki smartfon S855 chipida ishlaydi.

O‘QING: Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!