Google Play’da global «tozalanish»: kriptovalyutali ilovalar va boshqa dasturlar xavf ostida

  •   Saroy
  •  773
  •  27.07.2018 14:41

Google Play’da global  «tozalanish»: kriptovalyutali ilovalar va boshqa dasturlar xavf ostida

O‘tgan oyda  Apple App Store’dagi mayningli ilovalarni taqiqlab qo‘ygandi. Apple’ning yangilanish siyosati shartlari iPhone foydalanuvchilariga  har qanday kriptovalyuta o‘tkazmalarini amalga oshirishni taqiqlaydi (faqat bulutlida). Endi esa Google ham shunday qilmoqda. Bundan buyon Google Play ham, jarayonlarni masofadan turib boshqarishdan tashqari har qanday kriptovalyuta ilovasida taqiqlanadi.

O‘QING:Apple’ning boshi qotgan: eng qimmat MacBook Pro do‘konlarga qaytarilmoqda

Shuningdek, kompaniya bolalar kontenti va bolalar bilan bog‘liq kontentlar bo‘yicha ham juda qattiq siyosat yuritadi. Nafrat, zo‘rovonlik va kamsitishlarni targ‘ibot qiladigan ilovalar taqiqlanadi. Ular qatorida bozorlardagi tovlamachilik va binarli opsionlar bilan  firibgarlik hamda  nohalol reklama qilish bilan shug‘ullanayotgan ilovalar ham qora ro‘yxatga kiritildi.

O‘QING:Apple va Samsung Rossiyada smartfon sotishda "mag‘lub bo‘ldi"

Hayosiz-o‘yinchoqlarni sotish, eskort-xizmatlar ko‘rsatish va boshqa pullik xizmatlar endi bas qilinadi. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ularning o‘zlaridan yashirin tarzda yig‘ishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!