Google Play ko‘chirmachilik qilmoqda

Google Play ko‘chirmachilik qilmoqda

Google Play'ga yangi ilovalarni o‘rnatish jarayonini bosh ekranda ko‘rsatish xususiyati qo‘shilmoqda. Xuddi shunday funksiya iOS'ning App Stpore ilovalar do‘konida anchadan beri mavjud edi. 

Play Store'dagi yashil "O‘rnatish" tugmasini bosganingizdan keyin, bosh ekranda o‘sha ilovaning oq-qora rangda yuklanayotganligini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu xususiyat faqat yangi o‘rnatiladigan ilovalar uchun bo‘lib, yangilanishlarda bunday bo‘lmaydi. 

Istalgan vaqt yuklanayotgan ilova ustiga bosib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olinayotgan ilovalar  ro‘yxatiga o‘tishingiz va yuklab olinishni bekor qilishingiz mumkin bo‘ladi. Odatdagidek, Google Play Store bir vaqtning o‘zida faqat bitta ilova yuklab oladi, ikkinchi ilova esa "Kutilmoqda..." yozuvi bilan bosh ekranda turadi. 

Yangi funksiya Android 11 va undan yuqori smartfonlarga tez orada tarqatiladi. 

O‘QING: Hindiston Xitoyning yana 54 ta ilovasini blokladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!