Google Play Store tez orada ilovalar "sifati" haqida ham ma’lumot beradi

Google Play Store tez orada ilovalar

Google tez orada o‘zining Play Store do‘konidagi ilovalarning "sifati" haqida ham ma’lumot berishni boshlaydi, deya xabar bermoqda 9to5Google nashri. Bu bilan kompaniya sifatsiz ilovalarni tavsiyanomalardan olib tashlab, ko‘proq yuqori sifatlilariga urg‘u bermoqchi.

Ma’lum bo‘lishicha, ilova sifatli-sifatsizligi foydalanuvchilar tomonidan qabul qilingan buzilish va ilova javob bermay qolishi holatlariga ko‘ra belgilandi. Bunda Google Play Store'dagi sifatsiz ilovaning "O‘rnatish" tugmasi ostida qizil rangdagi "Shunga o‘xshash qurilmalardan olingan so‘nggi ma’lumotlar ushbu ilova qurilmangizda to‘g‘ri ishlamasligi mumkinligini ko‘rsatadi" xabarini ko‘rsatadi. Ilova dasturchilari esa ushbu xabar chiqmasidan avval xatoliklarni to‘g‘rilash yoxud ilova sifatini yaxshilash kerakligi haqida ogohlantirilishadi.

Ushbu o‘zgarish 30-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.

O‘QING: Twitter'da tasdiqlanganlik belgisini pulga sotib olishingiz mumkin bo‘ladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!