Google rahbari iPhone va Samsung’dan qaysi afzalligini, sababini ma’lum qildi

Google rahbari iPhone va Samsung’dan qaysi afzalligini, sababini ma’lum qildi

Google’ning ona-kompaniyasi Alphabet korporatsiyasining ijrochi direktori Erik Shmidt bir muddat avval Apple’ning iPhone 6s smartfonidan foydalanishini ma’lum qilgan edi.

Dunyoning eng qimmat kompaniyalaridan birining rahbari 24 may kuni CNBC telekanalidagi suhbatda ham iPhone, ham Samsung Galaxy S7 smartfonidan foydalanishini aytgan.

Erik Shmidtga mazkur gadjetlardan qaysi birini afzal ko‘rishi to‘g‘risida savol berilganida, u Samsung S7 smartfonini ko‘proq ma’qullashini bildirgan.

“Buning boisi uning uzoq vaqtga chidamli akkumulyatoridir. Bu fikrimni har bir ayfon foydalanuvchisi qo‘llab-quvvatlashi shubhasiz”, deya Erik Shmidt javobini izohlagan.

iOS ishlab chiqaruvchisi sifatida Apple o‘zining raqobatchisi bo‘lgan Google’ning rahbari bildirgan fikrga hozircha munosabat bildirmagan. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, Google’ning rahbari raqib kompaniya faoliyatidan xabardor bo‘lib borish uchun ham ayfondan foydalanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!