Google stajirovkasida qatnashib, 3000 dollar stipendiya oling!

  •   DiMaX
  •  1652
  •  04.04.2019 10:05

Google stajirovkasida qatnashib, 3000 dollar stipendiya oling!

Qidiruv giganti o‘zining Google Summer of Code stajirovkasida ishtirok etishni xohlovchilardan arizalar qabul qilmoqda. Ariza topshirish 9 aprelgacha davom etadi, deb yozadi Spot.uz.

O‘QING: AQSh prezidentligiga nomzod Facebook, Google va Amazon’ni parchalab tashlashga so‘z berdi!

Mazkur amaliyotda barcha (AQSh embargo qo‘yganlaridan tashqari) mamlakatlarning 18 yoshga to‘lgan talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomzod akkreditlangan oliy o‘quv yurtida bakalavriat, magistratura yoki aspiranturada o‘qiyotgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘z yurtida butun dastur mobaynida, ya’ni uch oy davomida ishlay olishi ham talab etiladi.

Talabalar bunda Google avvaldan tanlab olgan, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyalarning loyihalari ustida ishlashadi. Google Summer of Code stajirovkasida qatnashish uchun talaba (magistrant, aspirant) shu loyihalardan birini tanlashi va ariza berishi darkor. Keyin esa kompaniya nomzodlar orasidan stajyorni tanlab oladi. Stajyor dastur mobaynida ustoz rahbarligi ostida ishlaydi.

Agarda amaliyotchi loyiha ustidagi ishini muvaffaqiyatli yakunlasa, moddiy rag‘batlantirish, ya’ni stipendiya oladi. Stipendiya uch qismga bo‘lib – ishning har bir bosqichi yakunida to‘lanadi:

  • iyunning oxirida – 30%;
  • iyulning oxirida – 30%;
  • avgustning oxirida – 40%.

Stajyorlarga to‘lanadigan stipendiya hajmi 3000 dan to 6600 AQSh dollarigacha bo‘lib, xarid qobiliyati pariteti asosida hisoblanadi. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun stipendiya hajmi 3000 dollarni tashkil etadi.

Google Summer of Code amaliyoti haqida batafsil ma’lumot olish hamda ariza topshirish uchun mana bu havola orqali dasturning rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Google yana uchta mahsulotini o‘z «qabriston»iga jo‘natdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!