Google Xarita smartfon batareyasining “charchab” qolgani haqda ogahlantiradi

  •   Saroy
  •  5831
  •  06.08.2018 10:16

Google Xarita smartfon batareyasining “charchab” qolgani haqda ogahlantiradi

Google Xarita (Google Maps) xizmati dasturchilari hech qanaqa shovqin ko‘tarmay yangi funksiyani ishga tushirishdi. Endi Google xarita foydalanuvchilarining turgan joyiga xabar jo‘natishda uning qurilmasidagi akkumulyatorning quvvat darajasi haqida ham xabar beradi.

O‘QING:Google qidiruvida barchamizning sog‘ligimiz uchun foydali trenajyor paydo bo‘ldi

Avval boshda mazkur funksiya Android Police resursidagi ilovalarning  beta-versiyalaridan birida payqaldi. Endi esa ushbu xizmatdan iOS va Android uchun Xaritalarda ham foydalanish mumkin.

Bunday funksiya agar koordinat do‘stlarga yoki qarindoshlarga  jo‘natilganda  “akkumulyator so‘nggi nafasini olayotgan paytda ham” asqotadi. Boshqa tomondan olib qaraganda, qo‘ng‘iroqqa javob bermay, so‘ngra batareyam o‘tirib qolibdi, deb bahona qiluvchilar uchun ushbu xaritaning funksiyasi noqulaylik tug‘dirishi turgan gap.

O‘QING:Kartografiya: xaritashunoslikning ham o‘z tarixi bor

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!