Google'ning ushbu ilovasi 100 milliondan ortiq marta yuklab olindi!

Google'ning ushbu ilovasi 100 milliondan ortiq marta yuklab olindi!

Android Go (Go Edition) – bu Android dasturiy tizimining yengillashtirilgan varianti bo‘lib, hamyonpob va eng arzon smartfonlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bunday smartfonlar, shuningdek, Google kompaniyasining yengillashtirilgan va xotira hajmini tejovchi ilovalariga ham ega bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Google Go ilovasini Google Play orqali allaqachon 100 milliondan ortiq marta ko‘chirib olishgan. Bu albatta ajoyib natija, chunonchi, o‘tgan yilning sentyabr oyida Google Go ilovasi atigi 10 millionlik natijani qayd etgandi.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, Android Go o‘rnatilgan ushbu arzon smartfonlar katta talab bilan sotilmoqda. Qidiruv gigantining qimmat qurilmalar sotib olishga qurbi yetmaydiganlar uchun qilgan sayf-xarakatlari o‘zini oqlayotganligi ham diqqatga sazovor.

O‘QING: Google Maps’ning yengil talqini – Maps Go’ni istalgan Android-qurilmaga o‘rnatamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!