Grafendan ham zo‘r material topildi

  •   Saroy
  •  654
  •  20.10.2018 12:56

Grafendan ham zo‘r material topildi

Olimlar fosfor uchun grafenga o‘xshash tuzilmani aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning ta’kidlashicha, grafen nanoelektron qurilmalarni yaratish uchun juda yaxshi material hisoblanadi. U uglerod modifikatsiyalaridan biri bo‘lib, ikki o‘lchamli tuzilmaga, katta mexanik qattiqlik va elektronlar harakatining yuqori tezlik darajasiga  ega.   Grafenga o‘xshash 2D  tuzilma Mendeleyev elementlar jadvalida ham aytib o‘tilgan. Yaqinda esa, nemes olimlari fosfor uchun ana shunday modifikatsiyani olishga va o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu vaqtgacha kimyogarlarga fosforning to‘rtta allotropli modifikatsiyasi ma’lum edi. U qurilishi bo‘yicha kristall panjaradan farq qiladi va kristalning o‘ziga xos geometrik ko‘rinishaga o‘xshaydi. Ularga  rangiga qarab ham nom beriladi: oq, qora, pushti va qizil fosfor. Beshinchi shakli moviy fosforni esa 2016 yilda olishgan edi, lekin o‘shanda uning tarkibini aniqlashning imkoni bo‘lmagandi. Nemes olimlari moviy fosforni oltin to‘shamada olishga muvaffaq bo‘lishdi va unda ham xuddi grafendagi tuzilma hosil bo‘lishini aniqlashdi. Lekin moviy fosforning kristalli panjarasi bir tekis emas, qayrilgan: fosfor atomlari pastda turgan oltin atomlarini egallab olganini aniqlashdi.

O‘QING:Nanotexnologiya piramidasi: grafen bozori qalbakilari bilan to‘lgan

Yangi materialning kristall panjarasida elektronlarning taqsimlanish o‘rganilgach, olimlar moviy fosforning energetik tirqishining kengligi taxminan 2 elektron-volt ekanini aniqlashdi. Bu masalan, qora fosfordagiga qaraganda yetti barobarga ko‘pdir. Keng energetik tirqish yarim o‘tkazgichlarga katta haroratda va yuqori kuchlanishda ham ishlash imkonini beradi. Olimlarning aytishicha, moviy fosfor nanoelektronikada foydalanish uchun o‘ta istiqbolli bo‘lishi, hatto grafen bilan raqobatlashishi ham mumkin.

O‘QING:Samsung 12 daqiqada quvvatlanadigan grafen akkumulyatorni taqdim qildi