Go‘zallikning umri qisqami?…

Go‘zallikning umri qisqami?…

hi-tech.mail.ru nashrining xabar berishicha bundan bir hafta oldin tug‘ilgan Apple iPhone 7’ning korpusi juda tez tirnalib, o‘zining bor chiroyini yo‘qotayotgan ekan. Qizig‘i, Kupertino giganti taqdimotdan biroz o‘tib yangi modellarni chexol bilan ishlatishni so‘ragan edi. Bu bilan ishlab chiqaruvchi telefon korpusidagi ushbu kamchilikni tan olgan, desak anglishmaymiz.

Qora oniks rangidagi Apple iPhone 7 deyarli yarim soat ichida sotilgan edi. Ushbu rang yangi modellar ichidagi eng diqqatga sazovor versiya sifatida e’tirof etilgandi.

dvgds

Gap shundaki iPhone 7’ning orqa korpusi 7000-seriyadagi alyuminiydan ishlangan. Qora oniks rangli telefon versiyasida yaltiroq qora rangni hosil qilish uchun Apple o‘n bosqichli anodlash va silliqlash texnologiyasidan foydalangan. Bu esa telefondagi qirralarni mukammal chiqishini ta’minlagan.

Без названия

Barqarorlik bo‘yicha korpus boshqa Apple mahsulotlaridan qolishmaydi. Ammo undan ko‘p foydalanish natijasida korpusda mayda qirmalar paydo bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari barmoqdan qolgan izlar juda yaqqol ko‘rinmoqda. Shu sabab ishlab chiqaruvchi va mutaxassislar mazkur smartfondan chexolda foydalanishni maslahat berishgan.