Hali taqdim etilmagan Galaxy S8 Lite sifatli suratlarda namoyon bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  944
  •  10.05.2018 09:24

Hali taqdim etilmagan Galaxy S8 Lite sifatli suratlarda namoyon bo‘ldi

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 Lite nomli smartfonni tayyorlayotganligi haqida xabarlar yaqinda tarqala boshlagandi. Bozorga allaqachon Galaxy S9 avlodi flagmanlari ham chiqarilganidan keyin, janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan yilgi S8 modelining «soddalashtirilgan» versiyasini chiqarishi g‘alati, ammo buning sababini o‘tgan galgi xabarimizda ko‘rsatganmiz.

O‘QING: Bulturgi Samsung flagmanining eksklyuziv talqini tayyor!

Snapdragon 660 protsessori bazasida ishlovchi Galaxy S8 Lite modelini tashqi ko‘rinishiga ko‘ra original Galaxy S8 flagmanidan farqlash qiyin. Yangi smartfonning internetda kuni kecha tarqalgan suratlari ham shundan dalolat berayotir.

Ko‘rib turganingizdek, bir qaraganda uni original flagman – Galaxy S8 modelidan ajrata olmaysiz.

Samsung ushbu gadjetini 21 may kuni Xitoyda taqdim etishi kutilmoqda. Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ushbu modelni faqat «Osmon osti saltanati» bozoriga mo‘ljallagan.

Ammo xitoyliklar uni onlayn savdo platformalari orqali xorijga sotishlari ehtimoli ham bor. Balki, o‘shanda Galaxy S8 Lite modeliga O‘zbekistondan turib ham buyurtma berish imkoni bo‘lib qolar.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!