Hali taqdim etilmagan hamyonbop Huawei P Smart (2019) kamerofonini har tomonlama tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1886
  •  12.12.2018 14:41

Hali taqdim etilmagan hamyonbop Huawei P Smart (2019) kamerofonini har tomonlama tomosha qilamiz!

Xitoylik texnogigant yaqin orada arzon narxli Huawei P Smart (2019) smartfonini namoyish etishi kutilmoqda. Allround-PC nashri esa uning ayrim jihatlari haqidagi ma’lumotlarni va har tomonlama ko‘rinishini aks ettiruvchi render suratlarini e’lon qildi.

O‘QING: Eng zo‘r protsessorli eng arzon Huawei smartfonini «jonli» suratlar va videoda tomosha qiling!

Suratlarga ko‘ra, 2019 yilgi Huawei P Smart modelida displeyning tepasida tomchisimon ixcham «o‘yiq» mavjud, dinamik esa ekran romi ostiga yashirilgan. Orqa panelning yuqori chap burchagida qo‘shaloq kamera, o‘rtasida esa barmoq izi skaneriga ko‘zimiz tushadi.

Korpusning pastki qirrasida microUSB porti va standart quloqchin tirqishi mavjud.

Shuningdek, manba Huawei P Smart (2019)’ning texnik tafsilotlarini ham ma’lum qilgan. Ularga ishonsak, smartfonning diagonaliga 6,2 dyuymlik ekrani 2340x1080 piksellik tasvir aniqligiga ega. Apparat ta’minotining asosini Kirin 710 protsessori tashkil etadi. Qurilmaning tezkor xotirasi 3, doimiy xotirasi esa 64 gigabaytlik. Bosh kamera 2 va 13 megapikselli datchiklarni o‘z ichiga oladi, selfi uchun esa 8 megapiksellik kamera qo‘llangan. Korpusining o‘lchamlari 155,2x73,4x8,0 millimetrga, vazni esa 160 grammga teng. Smartfonning «quvvat toshi» esa 3400 mA/soatlik akkumulyator hisoblanadi.

Huawei P Smart (2019)’ning aniq narxi va taqdimot sanasi hozircha aytilmayapti. Ammo kompaniyaning ayrim rusumlardagi smartfonlarini 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!