Hali taqdim etilmagan LG G7 flagmanining videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  1314
  •  01.11.2017 14:22

Hali taqdim etilmagan LG G7 flagmanining videosi chiqdi

Concept Creator nomli YouTube-kanal hali namoyish etilmagan LG G7 smartfonining norasmiy ma’lumotlar asosida yaratilgan videokonseptini e’lon qildi.

Ushbu videolavhada LG G7’ning turli qismlari va xususiyatlarini har tomonlama tomosha qilish imkoni mavjud:

Navbatdagi flagmanning displeyi uning korpusi old panelining 90 foizini egallaydi. Ekranning tepa va pastki qismlarida baquvvat dinamiklar joylashadi.

LG G7 standart 3,5 millimetrlik audiotirqishga ham, trenddagi USB Type-C portiga ham ega bo‘ladi. Korpusning orqa panelida esa yonma-yon joylashgan qo‘sh ob’yektivli kamera va barmoq izi skaneri joy olgan.

O‘QING: Galaxy S9, Xiaomi Mi7 va LG G7 flagmanlarini nima bog‘lab turadi?

Shu paytgacha tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, LG G7 modeliga 8 yadroli ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 protsessori qo‘yiladi. U Adreno 630 grafik tezlatgichiga hamda yap-yangi LTE X20 modemiga ham ega.

Mazkur flagmanning taqdimoti kelgusi yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Uning narxi borasida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!