Hali taqdim etilmagan Redmi 5 Plus yangi renderlarda: yonlari romsiz va qo‘shaloq kamerali

  •   DiMaX
  •  2620
  •  06.11.2017 11:31

Hali taqdim etilmagan Redmi 5 Plus yangi renderlarda: yonlari romsiz va qo‘shaloq kamerali

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi kompaniyasining hozircha rasman namoyish etilmagan Redmi 5 Plus qurilmasining yangi render-suratlari tarqaldi. Bu to‘g‘rida Gizmochina nashri xabar bergan.

Mazkur suratlar avvalroq tarqalgan ayrim xabarlarni tasdiqlaydi, deb yoziladi xabarda.

Avvalo, Xiaomi tavakkal qilib, o‘rta narxdagi romsiz smartfon ishlab chiqarishga qo‘l uribdi. Bu esa foydalanuvchilarning qimmatbaho flagmanlarga intilishlarini birmuncha susaytirishi turgan gap. To‘g‘ri, romsiz ekran hozirda urfga kirgan bo‘lib, ko‘pgina kompaniyalar shunday dizaynda turli smartfonlar ishlab chiqarishga o‘tishgan. Biroq ekran tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 ni tashkil etuvchi, qimmat bo‘lmagan va sifatli gadjet topish oson ish emas.

O‘QING: Xiaomi'ning "yil trendi"ga mos yangi smartfonlari va narxlari ma’lum bo‘ldi

Qolaversa, Redmi 5 Plus kamerasi, xuddi qimmatbaho modellardagi kabi, qo‘sh modulli bo‘ladi. Tik joylashgan ob’yektivlarning shundoqqina ostida joylashgan LED-chaqnoq va daktiloskopik skaner telefonga o‘zgacha bir chiroy ham baxsh etgan.

 Biroq bu devaysning taqdimot vaqti hamda ichki xususiyatlari haqida aniq bir ma’lumot hozircha chiqarilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, «xitoycha Apple»ning mazkur telefoni Snapdragon 625 (yoki 630) protsessoriga, 3 gigabayt tezkor va 32 gigabayt ichki xotira ega bo‘ladi. Shuningdek, ayrim insayderlar Redmi 5 Plus modelida qo‘shimcha xotira kartasi uchun joy bo‘lishini ta’kidlashsa, boshqalari esa, Xiaomi shu doimiy xotiraning o‘zi bilan cheklanadi, deyishmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ning selfisevarlarga sovg‘asi – Redmi Y1 va Redmi Y1 Lite taqdim etildi