Hammasi rejadagidek: Meizu 16 flagmani GeekBench testidan o‘tdi

  •   Saroy
  •  1137
  •  30.07.2018 16:11

Hammasi rejadagidek: Meizu 16 flagmani GeekBench testidan o‘tdi

Mashhur GeekBench benchmark  ma’lumotlar bazasida hali ma’lum qilinmagan Meizu 16 smartfoni testdan o‘tgani haqda ma’lumot paydo bo‘ldi. Apparat alps m1882 model raqami bilan namoyish etilgan. 

Biryadroli testda apparat  2289 ball oldi, ko‘pyadroli testda esa  8865 ball yig‘a olgan. Taqqoslash uchun: Vivo NEX smartfoni  GeekBench benchmarkning xuddi shunday sinovida biryadrolidan 2419 ball, ko‘pyadrolisidan 9085 ball yig‘a olgandi.

O‘QING:Mi Max 3 AnTuTu'da imtihon topshirdi

Yangi xabarlarga qaraganda. Meizu 16 qimmat chip bilan ta’minlangan bo‘lib, u Snapdragon 845 deb ataladi. U versiyasiga qarab 6 yoki 8 gigabayt OZU’ga ega bo‘ladi. Ekran kengformatli,  2160 ga 1080 pikseldan iborat, batareya chig‘imi 3640 mAch. Apparatning yangi Snapdragon 710 chipli va batareya sig‘imi 3010 mAch bo‘lgan versiyasi  ham chiqarilishi mumkin. Smartfonda ekranosti barmoq izlari skaneri ham borligi aytilmoqda. Reliz 8 avgustga belgilangan. Kutilayotgan narxi  300 AQSh dollari atrofida. Espertlar ushbu apparatni qimmat chip bilan ta’minlangan eng arzon flagman bo‘lish ehtimoli ham bor, demoqda.

O‘QING:Diqqat! MEIZU yangilanish e’lon qildi

 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!