Hamyonbop Galaxy J turkumida ikkita yangi smartfon, bittasining jihatlari ham ma’lum!

  •   DiMaX
  •  3091
  •  08.09.2018 15:02

Hamyonbop Galaxy J turkumida ikkita yangi smartfon, bittasining jihatlari ham ma’lum!

Samsung kompaniyasining Vetnam uchun ishlangan rasmiy saytida ikkita yangi mobil qurilma haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Model raqamlari SM-J415F hamda SM-J610F bo‘lgan ushbu gadjetlar tegishlicha Galaxy J4 Prime va Galaxy J6 Prime tarzida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy J2 Core: kompaniyaning Android Go’da ishlaydigan ilk smartfoni

Ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida bu ikki modelning xususiyatlari haqida biror ma’lumot yo‘q. Lekin taxminlarga ko‘ra, ular Galaxy J4 hamda Galaxy J6 modellarining biroz yaxshilangan varianti bo‘ladi.

Yana ayrim insayderlarga ko‘ra, bu ikkala smartfon dastlab Gollandiya va Vetnam, keyin esa boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Shunisi ham borki, AQShning Federal aloqa komissiyasi – FCC ma’lumotlar bazasida Samsung Galaxy J6 Prime modeli allaqachon ro‘yxatdan o‘tibdi. U yerda mazkur smartfonning sozlamalar menyusidan olingan bir necha skrinshotlar joylangan.

Mazkur devays xususiyatlarida uning yuzni tanish funksiyasiga hamda barmoq izi skaneriga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, mazkur gadjet Geekbench servisida ham tekshirilgan; benchmark bazasida qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy J6 Prime smartfoni Snapdragon 430 protsessori va 3 GB hajmli tezkor xotiraga ega.

Yuqoridagi ikkita smartfonning qachon rasman namoyish etilishi ma’lum emas, ammo janubiy koreyaliklarning bir necha modellardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.