Hamyonbop Galaxy J6 Prime ilk videoda: barmoq izi skaneri yon tomonida, old kamera fotochaqnoqli!

  •   DiMaX
  •  2576
  •  12.09.2018 12:11

Hamyonbop Galaxy J6 Prime ilk videoda: barmoq izi skaneri yon tomonida, old kamera fotochaqnoqli!

Samsung kompaniyasi model raqamlari SM-J415F hamda SM-J610F bo‘lgan ikkita arzon smartfon tayyorlagani haqida xabar bergandik. Bular tegishlicha Galaxy J4 Prime va Galaxy J6 Prime tarzida taqdim etilishi kutilmoqda, ikkinchisining xususiyatlari ham ma’lum.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy J turkumida ikkita yangi smartfon, bittasining jihatlari ham ma’lum!

Galaxy J6 Prime rusumli smartfonning texnik jihatlari haqida tobora yangi ma’lumotlar chiqib kelayotir. Ularga tayangan 91mobiles resursi qurilmaning har tomondan ko‘rinishini aks ettiruvchi maketi videosini tayyorlagan.

Shuningdek, mazkur videoda Samsung Galaxy J6 Prime’ning avval ma’lum bo‘lmagan boshqa jihatlarini ham keltirib o‘tishgan. Agarda ular to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, plastik korpusli ushbu smartfon microUSB porti va quloqchinlar uchun standart audiotirqishga, shuningdek qo‘shaloq kameraga ega. Daktiloskopik datchik masalasida esa janubiy koreyaliklar Sony’dan o‘rnak olib, ushbu modulni korpusning yon qirrasiga joylashtirishgan. Shuningdek, mazkur gadjet selfi ishqibozlariga ham ma’qul keladi – uning old kamerasi fotochaqnoq bilan boyitilgan. Oldingi ma’lumotlarda Galaxy J6 Prime’ning ekrani 5,6 dyuymlik, deyilayotgan bo‘lsa, yangi xabarlarda bu ko‘rsatkich 6 dyuymga teng, korpus o‘lchamlari esa 161,6x77x8,2 millimetrni tashkil etadi.

Mana, lavhani birga tomosha qilamiz:

Texnik xususiyatlariga kelsak, Qualcomm Snapdragon 450 protsessorli ushbu smartfon tezkor xotirasi 3/4, doimiy xotirasi esa 32/64 gigabaytlik talqinlarda chiqadi. Uning taqdimot sanasi aniq emas, lekin insayderlar bu smartfon ayrim mamlakatlarda Galaxy J6 Plus modeli sifatida sotilishini ham aytishayotir. Samsung bu devaysiga 210 AQSh dollari miqdorida narx belgilashi taxmin qilinmoqda.

Janubiy koreyaliklarning shu paytgacha bozorga chiqarilgan aksariyat rusumlardagi mobil telefonlari esa O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!