Hamyonbop Meizu M6 Note rasman arzonlashdi, Toshkentda ham sotilmoqda!

Hamyonbop Meizu M6 Note rasman arzonlashdi, Toshkentda ham sotilmoqda!

Shu yilning 23 avgustida Xitoyda Meizu M6 Note smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Bu mobil aloqa vositasi Meizu kompaniyasining Snapdragon protsessoriga ega ilk smartfonidir. Metall korpusli Meizu M6 Note, shuningdek qo‘sh sensorli, flagmanlar darajasida surat oladigan bosh kamera bilan ham ta’minlangan.

Ma’lum qilinishcha, M6 Note xotira sig‘imidan kelib chiqib 200-300 yuan yoki $30-45 dollarga arzonlashgan.

Uning dastlabki bahosi quyidagicha bo‘lgan:

3 + 16 GB = 1099 yuan ($165)
3 + 32 GB = 1299 yuan ($196)
4 + 32 GB = 1499 yuan ($227)
4 + 64 GB = 1699 yuan ($255)

Meizu kecha smartfonning yangi narx-navosini e’lon qildi. Unga ko‘ra smartfon talqiniga ko‘ra quyidagicha narxlangan:

3 + 16 GB = 899 yuan ($136)
3 + 32 GB = 999 yuan ($151)
4 + 32 GB = 1299 yuan ($196)
4 + 64 GB = 1499 yuan ($227)

Meizu M6 Note fableti 5.5 dyuymli, Full HD sig‘imli displeyga, 8 yadroli va 2 GGs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 625 protsessoriga ega bo‘lgan. Shuningdek, smartfonga Adreno 506 video-kartasi o‘rnatilgan. Ma’lum qilinishicha, smartfon platformasi avvalgi avlod fabletlarining platformasidan 71% samaraliroq ishlaydi. Smartfon akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 4000 mA soat. Unga 18 vattli mCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy qilingan.

Surat olishda tengsiz arzon smartfon!
Meizu M6 Note orqa panelidagi qo‘sh sensorlardan birining piksel sig‘imi 12 megapiksel (Sony IMX362), piksel hajmi 1.4 mkm, yorug‘lik linzasining hajmi f/1.9. Yordamchi sensor uchun 5 megapikselli modul tanlangan. Bosh kamerada Dual PD tezkor avtofokus joriy qilingan. Bu funksiya surat fokusini 0.03 sekund ichida belgilay oladi.

O‘qing: "Kuchli suratkash" Meizu M6 Note taqdim qilindi

Yana bir muhim jihati -- smartfondagi LED-fotochaqnog‘i 4 elementli. Shuningdek, selfi-kamera uchun 16 megapikselli kamera moduli tanlangan.

Meizu M6 Note allaqachon yurtimizda ham sotilmoqda. Uning 3/32 GB talqini uchun 230 AQSh dollari so‘ralmoqda.

Taqdimot kuniyoq uning bozorda mashhur hamyonbop Xiaomi Redmi Note 4X'ga qarshi kurashishi aytilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!