Hamyonbop Samsung Galaxy J4 (2018) tayyor: xususiyatlari, surati va videosi!

  •   DiMaX
  •  13677
  •  17.02.2018 10:28

Hamyonbop Samsung Galaxy J4 (2018) tayyor: xususiyatlari, surati va videosi!

Janubiy koreyalik korporatsiya har yili o‘nlab modellarda smartfonlar taqdim etadi. Ular orasidan eng hamyonbopi Galaxy J turkumiga mansub telefonlar hisoblanadi.

O‘QING: «Malika»da Samsung smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2018 yil 12 yanvar)

Bugun internetda Samsung taqdimotga tayyorlayotgan yana bir model – Galaxy J4 (2018) smartfoni haqidagi ma’lumotlar tarqaldi. Mazkur qurilma allaqachon SM-J400F model raqami ostida Geekbench benchmarkida sinovdan o‘tdi, shuning evaziga uning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi.

Tabiiyki, hamyonbop narx toifasiga mansub bo‘lgan Samsung Galaxy J4 (2018) texnik ta’minoti ham shunga yarasha. Unga 1,4 GGs takt chastotasida ishlovchi 4 yadroli Exynos 7570 protsessori o‘rnatilgan. Mazkur «elektron yurak» ikki gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi.

Galaxy J4 (2018) smartfoni boshidanoq Android operatsion tizimining eng yangi – 8.0 Oreo talqini o‘rnatilgan holda taqdim etiladi.

Afsuski, mazkur devays haqida hozircha shundan boshqa ishonchli ma’lumot yo‘q. Kuzatuvchilarning fikricha, Samsung Galaxy J4 (2018) metall korpusga, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.0, A-GPS, NFC hamda GLONASS modullariga ega bo‘ladi. Shuningdek, janubiy koreyaliklarning bu yilgi Galaxy J turkumidagi barcha modellar singari, Galaxy J4 (2018) ham USB Type-C porti bilan jihozlanishi kutilmoqda.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Ushbu smartfon joriy yilning may-iyun oylarida rasman namoyish etilishi kutilmoqda. Havaskorlar esa allaqachon uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida video tayyorlab ulgurishgan. Keling, shu lavhani birgalikda tomosha qilamiz:

Aytib o‘tish o‘rinliki, Samsung kompaniyasining bir nechta smartfonlari proshivkasi Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilana boshlagan.

O‘QING: Hoziroq Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan smartfonlar ro‘yxati!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!