Hamyonbop smartfon kerakmi? Marhamat, Xiaomi Redmi 3S!

Hamyonbop smartfon kerakmi? Marhamat, Xiaomi Redmi 3S!

Oddiy foydalanuvchilar har doim akkumulyatori kuchli bo‘lgan hamyonbop smartfon izlashadi. Darhaqiqat, gadjetga mukkasidan ketmagan odamlar uchun hamyonning “sho‘rini quritmaydigan”, quvvatni ham ko‘pga yetadigan va eng asosiysi, tashqi ko‘rinishi qimmatbaho apparatlardan qolishmaydigan qurilma kerak. Xiaomi Redmi 3S mana shu ta’rifga juda mos keladi – talab va takliflar asosida yaratilgan qurilma. Ammo, rostdan ham “Osmon osti mamlakati”da yaratilgan ushbu bestseller ta’riflanganidek darajadami?

Xiaomi Redmi 3S smartfonining texnik tavsifi

  • Ekran: TFT IPS, 5″, 1280×720, hajmdor, multitach
  • Protsessor: 64-bit sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 430, 1,4 GGs
  • Grafik tezlatgich: Adreno 505
  • Operatsion tizim: Android 6.0
  • Operativ xotira: 2/3 GB
  • O‘rnatma xotira: 16/32 GB
  • Xotira kartasini qo‘llash: microSDXC
  • Aloqa: GSM 850/900/1800/1900 MGs || UMTS 850/900/1900/2100 MGs || LTE: 1, 3, 7, 20
  • SIM: micro-SIM + nano-SIM (qurama slot)
  • Simsiz interfeyslar: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 4.1
  • Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou
  • Kameralar: asosiy — 13 Mp (chaqnoq (vspishka), avtofokus), old (frontal) kamera — 5 Mp
  • Datchiklar: yoritilganlik, harakatlar, mikrogiroskop
  • Akkumulyator: 4100 mAs, biriktirilgan(olinmaydigan)
  • O‘lchamlar: 139,3x69,6x8,5 mm
  • Vazn: 144 gramm

Quti va komplektatsiya

Apparat yaxshi kartondan ishlangan kichikroq qutida yetkazib beriladi. Ichida zarur bo‘lgan hamma narsa bor, ya’ni: tok kuchi 2A bo‘lgan tarmoq quvvatlantirgichi, micro-USB kabeli, kombo-lotokni ochish uchun “qistirgich” va alohida jildda yo‘riqnomalar.

  

Tashqi ko‘rinish

Bir qarashda Xiaomi mahsulotlari muxlisi ushbu apparatda Redmi lineykasi vakilini tanib olishi qiyin emas. Old tomondan ikkinchi avloddan deyarli farq qilmaydi, faqat salgina kattalashganini aytib o‘tish mumkin xolos.

  

Himoya oynasi bo‘ylab xrom plastikdan ishlangan bo‘rtma ingichka ramka o‘tgan, oynaning yuqori qismida esa so‘zlashuv dinamigining teshigi ko‘zga tashlanadi. Uning yonidan yorug‘lik/yaqinlik datchiklari va frontal kamera o‘rin olgan. Pastida yoritilmaydigan uchta sensorli tugmacha, markazdagisining ostiga ko‘p rangli yorug‘lik diodli indikator yashiringan.

  

Korpusning chetlari butun parametr bo‘ylab juda ajoyib tarzda tekislangan. Quyi yon tomonida asosiy mikrofon va micro-USB port, yuqorisida quloqchin uchun 3,5 mm.li teshik, shovqinni bosuvchi qo‘shimcha mikrofon, hamda maishiy texnikani boshqarish uchun IK-port joy olgan.

  

O‘ng tomonda po‘lat tugmachalar bo‘lib, ular ovoz balandligini sozlash va quvvat tugmalaridir. Ular bo‘rtib turgan ergonomikaga ega. Shu bois, xatto jinsi shimning cho‘ntagida paytida ham bu tugmachalarini paypaslab sezish mumkin.

Chap tomonda – micro-SIM va nano-SIM uchun plastik maxsus joy, ikkinchi slotga sim karta o‘rniga istalgan hajmdagi microSDXC xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

Eng qiziq narsalar esa apparatning orqa tomonida joylashgan. Anodlangan alyuminiydan ishlangan panel deyarli butun orqa yuzani egallagan. Yuqori va pasti qismida antennalarning plastik teshiklari bo‘lib, ularga asosiy dinamikning teshigi va yorug‘lik diodli yoritgichli kameraning blogi ulanib ketgan.

Panelning asketik timsolini apparat egasining ko‘rsatkich barmoqlari uchun mo‘ljallangan barmoq izlari skaneri to‘ldiradi. Blokdan chiqarish uchun panelga barmoq tekkizilsa kifoya. Shu bois, u juda qulay, deyish mumkin.

Ergonomika

Redmi 3S`ning eng asosiy yutuqlaridan biri korpusning nisbatan ixchamligi va og‘irligining ham u qadar yuqori emasligida (144 gramm) bo‘lib, shu tufayli apparat bemalol bir qo‘lda ham foydalanish, turli kiyimlarning cho‘ntagida olib yurish va naq yarim soat davomida gaplashish uchun juda qulay.

Avval boshda sifat borasida e’tirozlar tug‘ilmadi, ammo bir hafta faol foydalanilganidan keyin apparatning orqa panelidagi yuqori plastik ulamada salgina g‘ichirlagan ovoz paydo bo‘ldi. Buning ustiga plastikning alyuminiy asosda tayyorlanganligi sifatini ham yuqori deb bo‘lmaydi: ulamalarda, randa farqlar sezilib qolgan, bu hol, ayniqsa, tillarang variantda yaqqol namoyon bo‘ladi. Hammasi flagman mahsulotlariga juda yaqin, ammo yaxshilab ko‘zdan kechirish kerak, chunki hamyonboplikning qusurlari ham yo‘q emas.

Ekran

Smartfonga besh dyuymli, 1280x720 nuqta imkoniyatli, 297 ppi zichlikni ta’minlab beruvchi TFT-IPS matritsa o‘rnatilgan. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqanda u qadar ko‘p emas, ammo ayrim piksellarni diqqat bilan qaramasdan ko‘rib bo‘lmaydi.

Rang sifati yaxshi, umuman olganda, ekrandagi tasvir sRGB rang maydoniga juda yaqin, xatto oq rangning balansi ham 7800K atrofida, ammo kontrastning salgina yetishmovchiligi va qora rangning ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Ammo bu hol foydalanish qulayligiga ta’mir qilmaydi – ko‘rish burchaklari keng, yoritgichning yorug‘lik diapazoni esa tunda ham inversiyasiz o‘qish, kunduzi esa quyosh tikka tushib turganda ham video ko‘rish imkonini beradi.

 

Smartfonning sensorli himoya oynasi ehtiyotlamay foydalanishga chidab beradi, yaxshi oleofob qoplamaga ega va bir vaqtning o‘zida o‘ntagacha tegishni seza oladi.

Interfeys

Xiaomi Redmi 3S smartfoni MIUI 7.5 qobiqli modifikatsiyalangan Android 6.0 operatsiya tizimi boshqaruvida ishlaydi. Interfeys tuzilishida ilovalar menyusi qistirmasi mavjud emas, barcha yorliqlar vidjetlar yonida ishchi stolda joylashgan. Animatsiya juda ko‘p, ammo ishlash tezligiga e’tiroz yo‘q: hammasi tez va yaxshi ishlaydi. Yaxshi jihatlari – ilg‘or mavzular va Wi-Fi ga uyg‘un singib ketadigan oboylar bor, ularni fondagi tasvirni tanlab mustaqil ravishda o‘chirish mumkin.

  

Sozlamalar qistirmasi anchayin noodatiy tarzda tuzilgan: ilovalarning parametrlari va batareya ishi “Procheye”ga joylangan, ovoz va imo-ishoralarga esa ko‘p e’tibor qaratilgan. Diqqat bilan qaraganda, boshqaruvda juda ko‘p qiziqarli jihatlarni ko‘rish mumkin, skaner uchun barmoq izlarini qo‘shish, foydalanishingiz xarakteriga qarab qo‘shimcha farqlarni yuklash mumkin.

Tizimdagi klavishlarning bezalishi havaskor uchun mo‘ljallangan, ayniqsa, Qwerty`da timsollarni kiritish borasida. Ammo hech narsa Holo ot Android`ni tanlashga xalaqit bermaydi.

  (1)

Xotirani tozalash ilovasi – messenjerlarda mos tarzdagi Push-xabarnomalarni olishning muhim elementidir. Bu o‘rinda dasturning umummiy sozlamalarida ko‘rib bo‘lmaydigan qistirmani diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak.

Muvaffaqiyatli jihatlar sifatida yana asosiy ilovalarning, fayllar dispetcheri va ob-havo/taqvim interaktiv yorliqlari  firma uslubida ishlanganini qayd etib o‘tish kerak. Umuman olganda, MIUI ning boshqa ko‘plab jihatlari xususida batafsil so‘z yuritish mumkin, aamo firma uslubidagi pleyer va FM-radioga to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmas.

  

Apparatning ishlashi

Xiaomi redmi 3s ni texjarayon asosida yaratilgan yangi Qualcomm Snapdragon 430 chipsetida ishlaydi. 1.1–1.4 GGs chastotali to‘rt yadroli Cortex-A53 va Adreno 505 grafik tezlatkichini chipning yuragi deyish mumkin. Tezkor xotira qurilmasi hajmi bevosita yuklangan xotiraga bog‘liq. Testdan o‘tkazilgan apraratda 2 GB operativ xotira va 16 GB yuklangan xotira mavjud edi. Xotirani istalgan hajmdagi microSDXC kartalari bilan oshirish mumkin, shuningdek USB-OTG akssesuarlaridan ham foydalansa bo‘ladi.

  

Kundalik foydalanishda apparat o‘zini yaxshi tomonlan ko‘rsatdi, istalgan ilovalarda yengil va tez ishladi, xotira kamligi sezilmadi. Umuman olganda, websyorfing ishqibozlari 3GB tezkor xotira qurilmasi va 32 GB yuklangan xotirali versiyaga e’tibor qaratishni maslahat beramiz.

Chipsetning hamyonbopligiga qaramay, benchmarklarning sintetik o‘lchovlari natijalari juda yaxshi chiqdi va ishlash tezligi borasidagi umumiy taassurotlarni tasdiqladi.

 

Haqiqiy ish faoliyatini tekshirish uchun standart o‘yinlar to‘plami tanlandi.

Lokal va tarmoq pleyerlari orqali video ko‘rishda ham hech qanday muammo yuzaga kelmadi.

Barmoq izlari skanerining ishini alohida maqtab qo‘yish kerak. Korpusning orqa tomonida joylashgani bois skanerni doimiy ravishda artib turish shart emas va foydalanuvchining barmoq izlarini darrov tanib oladi.

Redmi 3S telefonining sifat ko‘rsatkichilaridan yana signalni qabul qilish darajasining yaxshiligi va so‘zlashuv dinamigi ovozining sifatli va baland ekanligini aytib o‘tish mumkin. Ammo mikrofonning ishiga suhbatdoshlarda e’tirozlar tug‘ildi. Shuningdek, vibromotorning kuchsiz g‘ing‘illashi ham e’tiroz uyg‘otadi. Qolgan jihatlardan esa dinamik u qadar yomon emas: balandlik zaxirasi kamroq, lekin tovush toza chiqadi.

Quloqchindagi ovoz sifati Qualcomm`ning avvalgi hamyonbop chipsetlariga yaqin. Firmaga oid gibrid quloqchinlar bilan balandlik zaxirasi kam, ammo AChX ravon va yaxshi. Ko‘p jihatdan detallarning va past chastotalarni uzatishning yetishmovchiligi signal chiqishi quvvatining pastligi bilan izohlanadi, chunki ulama quloqchinlar baland ovozda, ammo chiyillab ovoz chiqaradi. Quloqchinlarga firmaga oid sozlamalarda hech qanday mo‘’jiza yuz bermaydi: xuddi ekvalayzerning V-simon presetidagi kabi detallilik yo‘qoladi.

Kamera

Apparatning kuchli jihatlaridan biri – asosiy 13Mp kamera (avtofokus, yoritgich) va selfi uchun frontal 5Mp modulning tandemidir.

Kamera bilan ishlash bo‘yicha interfeys atomatik rejimni taklif etadi va ushlab turish hamda oq rang haroratining qo‘lda boshqarish sozlamalariga ega emas. Ammo boshqa ko‘plab parametrlarini bir-ikki tegish bilan o‘rnatish mumkin.

Kunduz kuni ko‘chada tasvir olishda suratlar juda chiroyli va sifatli chiqadi.

Bino ichida suratga olganda esa darrov yorug‘lik kuchi yetishmasligi sezilib qoladi. Shu bois, faqat yaxshi yoritilgan xonalardagina sifatli suratlar olish mumkin.

Kechasi ko‘chada surat olishda ko‘z aldanib qolishi mumkin: viloiskatel ekranida hammasi yaxshi ko‘rinadi, ammo olingan suratlar haqida bunday deyish qiyin.

Yoritgichining o‘rtacha quvvatga egaligi bois, yirik plandagi suratlar nisbatan yaxshi va sifatli chiqadi.

Umuman olganda, umumiy va yirik plandagi suratlar yomon chiqmaydi, fokusning minimal masofasi ham besh santimetrdan oshmaydi.

Bino ichida matnni tasvirga tushirib olishda ham muammo bo‘lmaydi.

Apparatning old kamerasi ham yuqoriroq sinfga mansub ko‘plab devayslardan aslo qolishmaydi.

HDR rejimida surat olishda, avtomatika RAW-parametrlarni ham sozlaydi, natijada suratlar bir qadar badiiy chiqadi. Uning samaradorligini misollardagi osmon detalizatsiyasini solishtirib bilib olish mumkin.

HDR rejimidagi rasm

HDR rejimida olinmagan rasm

Panoramalarni suratga olishning qulay rejimi mavjud, ammo bunday suratlar past o‘lchamda saqlanadi.

Samartfon 30 k/s chastotada FullHD video yozish imkonini beradi. Roliklar sifati ushbu sinfga mansub qurilmalar uchun xos. Buni misollardan ham ko‘rib olish mumkin.

Simsiz interfeyslar

Smartfon bitta radiomodul va  SIM-karta uchun ikkita slot bilan jihozlangan, ularning biri LTE-tarmoqlarda ishlashi mumkin.

Aloqning simsiz modullari to‘plami hamyonbop: Wi-Fi IEEE 802.11n (as ni ko‘tarmaydi), Bluetooth 4.1, IK-port. Signalni qabul qilish sifati yaxshi, garnitura va tashqi kolonkalar bilan apparat muammosiz ishlaydi.

Avtohavaskorlar uchun taxminan 40 soniyada ishga tushiriladigan GPS/GLONASS/BeiDou bo‘yicha yo‘ldosh orqali navigatsiyadan foydalani olish imkoniyati mavjud. Joyni belgilashning aniqligi yaxshi darajada, tunellardan chiqishda faoliyat bir necha soniya ichida tiklanadi.

Avtonom ishlash

Og‘irligi 144 gramm bo‘lgan ixcham metall smartfonda 4100 mAs li ulkan akkumulyatorning bo‘lishi – kamdan kam uchraydigan va yaxshi hodisa. U 2,5 soat ichida to‘liq quvvat oladi.

Qizig‘i, ushbu quvvat ikki sutka davomida bir soat so‘zlashuv, bir soat websyorfing va messenjerlar, ikki soat o‘yinlar va quloqchin orqali 10 soat musiqa eshitish uchun bemalol yetadi. Ko‘p foydalanmaganda esa bu quvvat bemalol 3-4 kunga ham yetishi mumkin. PCMark dagi tekshiruvlar bu natijalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

  

WoT:Bitz da o‘yinlar borasida esa shuni aytish mumkinki, bir sota ichida batareyaning quvvati 19 foizga kamaydi, standart proigrivatelda esa 13 soat video ko‘rish mumkin. Demak, Redmi 3S bilan quvvatlash qurilmasini yoningizda olib yurishga hojat qolmaydi.

Apparatning afzal jihatlari sifatida a’lo darajadagi avtonomlik, sifatli suratlar, tezkor barmoq skaneri, yaxshi ekran va yaxshi ovozni keltirish mumkin. Albatta qurilmada ma’lum kamchiliklar ham mavjud: past ovozli mikrofonlar, kuchsiz vibromotor, sensorli klavishlarni yoritish chiroqlarining yo‘qligi, Wi-Fi ac.ni qo‘llay olmasligi ana shular jumlasidan.

Xulosa

Xiaomi Redmi 3S, shubhasiz, bu yilning eng yorqin hamyonbop devayslaridan biridir. Ixchamlik, chiroyli ko‘rinish, barmoq izlarining tezda skaner qilinishi, multimedia to‘plamining yaxshi sifati ishlash vaqti bilan qo‘shganda – o‘zingni qimmat apparat tutayotgandek his qilish imkonini beradi. Agar ishlanish sifati borasida yana ozgina ish olib borilsami, ideal darajadagi qurilma yuzaga kelgan bo‘lardi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

xiaomi.uz $159 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!