Havo orqali smartfonni simsiz zaryadlash – endi atigi 15 daqiqada!

Havo orqali smartfonni simsiz zaryadlash – endi atigi 15 daqiqada!

Smartfonni tezkor zaryadlash texnologiyalari poygasi davom etmoqda. Taniqli elektronika mahsulotlari brendi Infinix, 240 Vt tezlikda ketayotgan Realme brendidan o'zib ketdi. Uning tezligi 260 vattni tashkil qiladi. U endi 300 Vt tezlik bilan birinchi o'rinni egallab turgan Redmi'ni quvib o'tishi kerak.

Ha, Infinix tezkor quvvatlash borasida navbatdagi qadamni tashladi. Kompaniya 260 Vt tezlikdagi simli va 110 Vt tezlikdagi simsiz zaryadlash texnologiyalarini taqdim qildi. Ma'lum bo'lishicha, yangi simli zaryadlanish texnologiyasi bilan siz smartfoningizni 0 dan 25% gacha 1 daqiqada, 100% gacha esa 8 daqiqadan kam vaqtda quvvatlay olasiz. Yangi simsiz zaryadlash texnologiyasi, smartfonni 0 dan 100 gacha atigi 16 daqiqada quvvatlash imkonini beradi.

Rasmiy press-relizga ko'ra, simli zaryadlash samaradorligi 98,5% ni tashkil qiladi. Bunda 4400 mA/soat batareyani 1000 martadan ortiq quvvatlanganidan keyin u o'zining dastlabki holatdagi quvvatining 90 foizini saqlab qolishi mumkin.

110 Vt simsiz zaryadlashda esa turli xil arxitekturadagi maxsus tayyorlangan kichik sezgir quvvat beruvchi g'altaklardan foydalanilgan. Ular ichki qarshilikni kamaytiradi va smartfon zaryad olayotganida uning harorati oshishini pasaytiradi.

Infinix o'zining yangi texnologiyalari bu yilgi Infinix Note smartfonida qo'llanishini tasdiqladi, shunday ekan biz tez orada ularni amalda ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.