Hayratga arzirli raqam: Fortnite’ni bir vaqtning o‘zida nechta geymer o‘ynaydi?

  •   DiMaX
  •  1130
  •  10.11.2018 15:03

Hayratga arzirli raqam: Fortnite’ni bir vaqtning o‘zida nechta geymer o‘ynaydi?

Epic Games kompaniyasi vakili Inven nashriga intervyu berayotib, Fortnite o‘yini bo‘yicha statistikani oshkor etdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu simulyatorda bir vaqtning o‘zida o‘ynovchilar soni allaqachon 8,3 million nafardan oshgan.

O‘QING: Fortnite, Minecraft va yana uchtasi: eng zo‘r o‘yinlar endi smartfonlarda

PCGamesN resursining ta’kidlashicha, bu Doom hamda Doom 2 o‘yinchilarining umumiy sonidan ham oshiq. Umuman, Steam’dagi boshqa istalgan o‘yin geymerlaridan yuqori ko‘rsatkich ekan bu.

Epic Games joriy yilning boshida Fortnite geymerlari soni 3,4 milliondan oshganini ma’lum qilgandi. Yangi ko‘rsatkich esa unga nisbatan ikki baravardan ham oshiqligiga qarab, o‘yinning ommalashish ko‘lamini tasavvur etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fortnite – yashab qolish uchun kurashni ifodalovchi o‘ta ommabop o‘yin bo‘lib, 2017 yili chiqqan. Hozirda uni PlayStation 4, Nintendo Switch, Xbox One, Windows, MacOS, iOS va Android-qurilmalarda ham o‘ynash imkonini taqdim etishgan.

O‘QING: Fortnite’ni endi istalgan Android-qurilmada o‘ynash mumkin, faqat...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.