Hech uchramagan muammo: iPhone juda «bezbet» chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1780
  •  03.10.2018 10:36

Hech uchramagan muammo: iPhone juda «bezbet» chiqdi!

Apple qurilmalarida biror muammo chiqqanida, egalari ularni kompaniyaning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati yoki rasmiy servis markazlari orqali hal etishadi. Ammo ayrim nuqsonlar ommaviy tus olib, kupertinolik kompaniyani qiyin ahvolga solib qo‘yayotgani ham bor gap.

O‘QING: iPhone X’da yana bir nuqson oshkor etildi

Ammo Artyom Viktorovich ism-sharifli foydalanuvchining ayfoni juda boshqacha chiqib qoldi. U hatto aviarejimda – parvoz rejimiga o‘tkazib qo‘yilganida ham qo‘ng‘iroqlarni qabul qilaveradi! Bu esa aynan Artyom uchun juda jiddiy nuqson, chunki u samolyotda ishlaydi!

Eng qizig‘i – mazkur muammoga Apple xodimlari yarim yildan buyon chora topib bera olmayapti. Artyom oxiri korporatsiya rahbariyatiga yetib borishidan umid qilib, ochiq xat yo‘lladi. Unda ayni shu muammolar aks etgan iPhone ekrani skrinshotlarini ham ko‘rsatgan.

Afsuski, bu nuqson yagona emas – hatto sozlamalarini dastlabki holatga qaytargandan keyin ham smartfonda ishkallar chiqavergan. Jumladan, iPhone kun davomida uzluksiz tarzda uyali aloqa tarmog‘ini izlagan, ammo baribir topolmagan. Shu bilan birga, orada Wi-Fi tarmog‘idan ajralmagan hollar ham bo‘lgan.

Xullasi kalom, Artyom Viktorovich kupertinolik korporatsiya rahbariyatidan javob kutmoqda, uning ayfoni esa hozircha «bezbet»ligicha qolmoqda.

O‘QING: Eng benuqson iPhone modeli aniqlandi va bu...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!