Hindistonda "Yilning flagman smartfoni" ma’lum qilindi

Hindistonda

Samsung kompaniyasiga $17 mlrd zarar keltirgan Galaxy Note 7 bilan bog‘liq baxtsiz hodisalardan so‘ng, Galaxy Note turkumining yangi vakili bo‘lgan Galaxy Note 8 kompaniyaga muvaffaqiyat keltira boshladi.

Jahonning yirik smartfon bozorlaridan biri bo‘lgan Hindistonda Galaxy Note 8 modeli ketma-ket bir necha nufuzli mukofotlarga loyiq ko‘rildi. Jumladan, shu yilning sentyabrida uni "Yil gadjeti" mukofoti bilan taqdirlashgan bo‘lsa, kuni kecha o‘tkazilgan "Exhibit Tech Awards 2017" ko‘rgazmasida Galaxy Note 8 ‘Yilning flagman smartfoni’ deb e’lon qilindi.

Samsung Galaxy Note 8 diagonali 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi, Galaxy S8 kabi 18.5:9 hajmli, Super AMOLED matritsali Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) piksel sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. Fabletga Samsung'ning 8 yadroli Exynos 8895 protsessori, 6 GB tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Protsessorning 4 yadrosining chastota tezligi 2,3 GGs, qolgan 4 yadroniki 1,7 GGs.

Fabletning akkumulyator sig‘imi 3300 mA soat. Galaxy Note 8 smartfoni Samsung'ning qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga ega ilk telefoni bo‘ldi. Unga 2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. Natijada, kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.

Eslatib o‘tamiz, "Malika"da ayni paytda Galaxy Note 8 (black–qora) 6 929 000 so‘mdan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!