HMD Global endi Asha brendini «tiriltirmoqda»!

  •   DiMaX
  •  1431
  •  12.01.2018 11:18

HMD Global endi Asha brendini «tiriltirmoqda»!

O‘tgan yili HMD Global kompaniyasi smartfonsozlik sanoatiga Nokia brendini qaytarib, bu nom ostida ko‘plab modellarda telefonlar ishlab chiqardi. Endi esa u yaqin orada Asha brendini ham hayotga qaytarishi mumkin. Yevropa ittifoqi intellektual mulk departamentida mazkur savdo belgisi ro‘yxatga olinganligi shundan dalolat bermoqda.

O‘QING: Nokia 3310: qayta tug‘ilgan afsona haqida 8 fakt

Bir necha yil avval, Microsoft korporatsiyasi Nokia mobil qurilmalar bo‘limini sotib olganida, Asha savdo belgisi ham unga o‘tgan edi. Asha brendi hamyonbop smartfonlari orqali tanilgani uchunmi, HMD Global uni qayta «jonlantirish»ga qaror qilgan ko‘rinadi. Ammo Microsoft bu brend ostida qurilmalar ishlab chiqarish huquqini HMD Global’ga sotgani borasida biror rasmiy ma’lumot yo‘q.

Asha turkumidagi telefonlar rivojlanayotgan mamlakatlar bozorida juda ommalashgan edi. Ammo, Lumia brendi ostidagi hamyonbop smartfonlarga, masalan, Lumia 435 modeliga raqobatchi bo‘lganligi sababli, Microsoft bu brendni to‘xtatib qo‘ygandi.

O‘QING: Nokia 3310 (2017) savdosidan ilhomlanib, endi brendning QWERTY-smartfonini «tiriltirishmoqchi»