HMD Nokia X5 (5.1 Plus) taqdimoti nega bekor bo‘ldi?

  •   Saroy
  •  776
  •  12.07.2018 12:47

HMD  Nokia X5 (5.1 Plus) taqdimoti nega bekor bo‘ldi?

11 iyulda HMD Global’da yangi  X5 (Nokia 5.1 Plus, deb ham atashadi) smartfonining taqdimoti rejalashtirilgan edi, biroq, tadbir boshlanishiga bir necha soat qolganda kutilmaganda bekor qilingan.

Hamma hayron, albatta. Lekin buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Gap shundaki, tadbirning qoldirilishiga uning o‘tadigan joyi noto‘g‘ri tanlangani  sabab bo‘lgan ekan. Weibo-akkaunte Nokia Mobile’da shu haqda rasman ma’lum qilindi. Shu kuni Pekinda oqshom paytiga kelib juda kuchli jala quygan. Kompaniya hozircha, tadbirning yangi sanasi haqda hech narsa aytmayapti, ammo yangi gadjet yaqin kunlarda namoyish qilinadi, degan.

O‘QING:Nokia X5: MediaTek Helio P60 protsessorida ishlaydigan arzon smartfon

Nokia X5 yoki Nokia 5.1 Plus’ning xalqaro versiyasi 5.86-dyuymli HD+ displeyiga ega bo‘ladi, formati 1520x720 hamda tomonlar nisbati 19:9. Sakkiz yadroli 2 GGs chastotali  protsessor smartfonning yuragi hisoblanadi (u MediaTek Helio P60 bo‘lishi mumkin).   Qurilmaning tezkor xotirasi 3/4/6 GB va ichki xotirasi 32/64 GB bo‘lishi kutilmoqda. Smartfonning orqasida 13 megapikselli qo‘sh kamera bor. Oldidagi modul esa  8 megapiksel bo‘ladi. Shuningdek, qurilma sig‘imi 3000 mAch bo‘lgan smartfon bilan ham ta’minlangan.

Kuni kecha smartfonning fotosurati Xitoy sertifikatsiya markazi saytida ham paydo bo‘ldi.

Hozirda Nokia X6’ning global versiya anonsiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, ushbu qurilma Nokia 6.1 Plus, deb ham ataladi.

O‘QING:Nokia’dan ikkita noma’lum smartfon

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.