Honor Play Special Edition lazerli gravira bilan chiqariladi

  •   Saroy
  •  969
  •  30.07.2018 17:07

Honor Play Special Edition  lazerli gravira bilan chiqariladi

Huawei kompaniyasi taqdimot marosimida va’da berganidek, geymerlar uchun  Honor Play smartfonining maxsus versiyasini chiqarmoqda. Ushbu model iyunning boshlarida o‘z debyutini nishonlagan edi.

Honor Play Special Edition qora va qizil ranglarda orqa paneli lazerli gravira bilan chiqadi. Qora modelida ham kamera va barmoq izlari skaneri qizil okantovka bilan ajralib turadi.

O‘QING:Taxlama ekranli smartfon: Huawei birinchi bo‘lmoqchi

Ushbu maxsus versiya hech qanday sanaga bag‘ishlanmagan, shunchaki,  Huawei mahsulotlarining assortimenti turini ko‘paytirish maqsadida tayyorlangan.

Honor Play Special Edition sotuvi 1 avgustda boshlanadi. Ushbu versiyaning narxi 366 dollar turadi. To‘g‘ri, shu bilan birga uning xotira sig‘imi qancha bo‘lishi aytilmagan, ammo taqdimotda ushbu versiyaning gigabayti juda yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi.

O‘QING:Huawei Nova 3 taqdim qilindi: yuqori imkoniyat va o‘rta narxli

Eslatib o‘tamiz, Honor Play  ushbu brendning GPU Turbo tezlashtirilgan grafikali o‘ziga xos texnologiya bilan ta’minlangan birinchi qurilmasi hisoblanadi. U shuningdek 6,3-dyuymli qirqmali ekran bilan ta’minlandi. Ekranning formati 2340×1080 pikselli, protsessori Kirin 970. Qurilma 4/6 GB tezkor xotiraga ega, ichki xotira esa  64 GB. Qo‘sh kamerasi 16-megapikselli bo‘lib,  diafragmasi  f/2.2 va old kamerasi 16 Mp, akkumulyator sig‘imi esa 3750 mAch.

O‘QING:Huawei’ning «dahshatli» smartfoni: uning siri ochildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!