Honor V10 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  967
  •  27.11.2017 14:08

Honor V10 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

Huawei ertaga taqdim etishi kutilayotgan Honor V10 smartfonining ayrim texnik xususiyatlari ma’lum bo‘ldi. Geekbench benchmarkida u Huawei BKL-AL20 nomi ostida testdan o‘tgan.

O‘QING: Huawei’ning romsiz Honor V10 flagmani ilk «jonli» suratlarda!

Sinovdan o‘tkazilgan qurilma Android 8.0.0 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlashi aniqlangan, demak, u ilk bor Mate 10 hamda Mate 10 Pro modellarida qo‘llangan EMUI 8.0 grafik qobig‘iga ega.

Smartfon 1,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli yakkakristalli tizim bilan jihozlangan, demak, bu Huawei’ning Kirin 970 protsessori bo‘lishi kerak. Qurilmaning tezkor xotirasi esa 6 GB hajmga ega.

O‘QING: Snapdragon 835 ma’lumot uzatishda Huawei protsessoriga mag‘lub bo‘ldi

Bitta yadroli testda mazkur smartfon 1915 ball to‘plagan, ko‘p yadroli sinov natijasi esa 6558 ballni ko‘rsatmoqda. Mazkur natijalar Snapdragon 835 bilan jihozlangan qurilmalarning xususiyatlariga muvofiq keladi.

Honor V10 smartfoni qo‘shaloq sensorli kameraga ham ega bo‘lishi kutilmoqda. Uning ishlashi esa, Kirin 970 tarkibiga kiruvchi neyronli protsessor sharofati bilan yanada yaxshilangan bo‘ladi. Huawei mazkur chipni birinchi marta Mate 10 va Mate 10 Pro modellarida qo‘llagan.

O‘QING: Xitoyda eng ommabop premium-smartfon aniqlandi, ammo bu iPhone X emas...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!