Honor V12 sinovlardan yaxshi o‘tdi, hademay savdoga chiqadi

  •   Saroy
  •  963
  •  16.06.2018 12:16

Honor V12 sinovlardan yaxshi o‘tdi, hademay savdoga chiqadi

TENAA va FCC byurolari ma’lumotlar bazasida  X-Honor V12 kod nomi bilan yangi Honor smartfoni paydo bo‘ldi.

Rasmda, devays korpusi metalldan ekanini bilish mumkin. Qurilmaning old tomonida  kengformatli displey ko‘rinyapti. Unda old kamera, datchiklar va so‘zlashish dinamigi joylashgan. Devaysning orqa tomonida barmoq izlari skaneri va chaqmog‘i bilan qo‘sh kamera mavjud.

O‘QING: Tadqiqot: Xitoyda talab eng yuqori smartfonlarning yurtimizdagi narxlari

Ma’lumki, smartfon 5.5-dyuymli displey bilan ta’minlanishi kerak, qolaversa, batareya sig‘imi 1900 mAch bo‘ladi. Afsuski, qurilma haqida boshqa hech qanday ma’lumot berilmagan, shu bois uning o‘ziga xos tomonlari haqida hozircha hech narsa, deb bo‘lmaydi. Lekin smartfon barcha sinovlardan o‘tgan va sertifikatsiya olgan, demak taqdimot ham o‘zini uzoq kuttirmasligi turgan gap.

O‘QING: Honor 10 – texnik imkoniyatlari a’lo, dizayn ham ajoyib

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!