“Hoshiyasiz” UMi Touch X smartfoni 150 dollardan sotiladi

“Hoshiyasiz” UMi Touch X smartfoni 150 dollardan sotiladi

Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari A-brendlar beshtaligiga kirar ekan, nafaqat arzon, balki texnologik jihatdan ham qolishmaydigan qurilmalari bilan o‘z o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Albatta, har doim ham bu usul muvaffaqqiyat keltiravermaydi va sifat jihatdan kutilgan natijalar qayd etilmaydi. Ammo ko‘p hollarda haqiqatdan ham qiziqarli modellar dunyo yuzini ko‘rmoqda. Umi — ana shunday muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida so‘nggi vaqtlarda shuhrat qozonmoqda. Kompaniya yaqin kunlarda navbatdagi Touch X smartfonini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Mazkur smartfonning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, ekranining yon tomonlarida hech qanday hoshiya yo‘q. E’lon qilingan render suratlaridan ko‘rinib turibdiki, orqa panel oynadan, yon tomonlari esa metalldan ishlanadi. Ekran ostiga jismoniy tugmacha o‘rnatilib, u bir vaqtning o‘zida barmoq izi skaneri vazifasini ham bajaradi.

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, smartfon 1920x1080 piksel hajmga ega 5,5 dyuymli ekran, 3 Gb tezkor xotira va 4000 mAsoat quvvat toshi (akkumulyator) bilan ta’minlanadi. Protsessor vazifasini sakkiz yadroli MediaTek Helio P10 o‘tashi mumkin. Smartfon narxi 150 dollarga baholanib, 20 martdan ishlab chiqarishga kirishish rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!