HTC 10 smartfoni Galaxy S7 bilan raqobatga kirishadi 

HTC 10 smartfoni Galaxy S7 bilan raqobatga kirishadi 

Ijtimoiy tarmoqlarda smartfon ekspertlari tomonidan HTC kompaniyasining navbatdagi – HTC 10 smartfonining ilk suratlari va gadjet imkoniyatlarining o‘ziga xos jihatlari e’lon qilindi.

Ha! Nimagadir tayvanlik ishlab chiqaruvchi bu safar “One” qo‘shimchasidan voz kechibdi. Ehtimol, bu orqali kompaniya yangicha jihatlarga ega innovatsion qurilma va’da qilayotgandir.

Ma’lum qilinishicha, qurilma 5.15 dyuymli QHD displeyga ega hamda Qualcomm Snapdragon 820 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Smartfon 4 GB tezkor xotirada faoliyat ko‘rsatadi.

Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi bilan ta’minlangan apparatda barmoq izlari skaneri texnologiyasi qo‘llanilgan.

Gadjetning bosh kamerasi 12 MP bo‘lib, u svetodiodli fotochaqnoq va lazerli fokus funksiyalarida ishlaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, qurilma “jonli surat” olishda  Samsung Galaxy S7’dan qolishmaydi.

Mobil aloqa vositasining yagona ovoz uzatkichi uning quyi qismida joylashgan. Smartfonning tom qismida esa audio quloqchin uchun port mavjud. Ovoz uzatishda apparatda BoomSound texnologiyasi tatbiq qilingan.

Smartfon quvvat toshi – akkumulyator 3400 milliamper soat tok sig‘imiga ega.

Gadjetning press-fotosuratida ko‘rinib turibdiki, gadjet korpus metalldan ishlangan. QHD displeyi 2,5D-shisha zirh, ya’ni himoya qatlamiga ega.

One M9 telefon apparatining omadsizligidan keyin kompaniyaga muvaffaqiyat olib kelishi kutilayotgan qurilmaning aprel oyida Nyu-Yorkda taqdim etilishi kutilmoqda.

Android qurilmalarining ishlash samaradorligini taqqoslashga xizmat qiladigan AnTuTu ilovasida sinovdan o‘tkazilganida u 110 000 ball to‘plab, samarali faoliyati ko‘rsatkichlari bilan Huawei Mate 8, Meizu Pro 5 va Samsung Galaxy Note 5 kabi qurilmalarni ortda qoldirdi. Bu ilovada o‘tkazilgan testda Xiaomi Mi5, Samsung Galaxy S7 smartfonlari 115 000, yaqinda taqdim etilgan, Qualcomm Snapdragon 820 protsessoriga ega LG G5 esa 130 000 ball to‘plagan edi. Ushbu testda eng yuqori natija dunyoning ilk 6 GB tezkor xotirasiga ega smartfoni – Vivo Xplay 5’ga tegishli bo‘lib, u 162 000 ball to‘plagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!