HTC 10 smartfoni Galaxy S7’ga qarshi: bir-biridan 5 ta ustun jihatlari

HTC 10 smartfoni Galaxy S7’ga qarshi: bir-biridan 5 ta ustun jihatlari

12 aprel kuni HTC kompaniyasi HTC 10 flagmanini namoyish qilgach, uning texnik va dizayn jihatdan Samsung bilan raqobat qila oladigan mobil qurilma yaratish imkoniyatiga egaligi e’tirof etildi. U nafaqat Galaxy S7 bilan raqobat qiladi. Uning hattoki so‘nggi galaksi smartfonidan ustun jihatlari ham bor. Ular quyidagilar:

HTC-10

1. Metall korpus. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, metall qobiq zamonaviy flagmanlarning muhim jihati bo‘lib qolishi kerak. Alyuminiy xomashyosidan tayyorlangan korpus qo‘lda shisha va plastik korpusdan ko‘ra yaxshiroq o‘rnashadi. Shuningdek, metall korpus Galaxy S7 gadjetining orqa panelida mavjud shisha qobiq kabi barmoq izi va terdan chiqayotgan namlikdan hadeb xira tortmaydi.

2. Smartfonning 5 Mp old kamerasi. Ilk marotaba optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega old kamera nafaqat sifatli selfi olish, shu bilan birga “jonli videomuloqot” qurishda ayni muddao. Uning yoritish kuchi f/1,8 bo‘lib, piksel o‘lchami 1,34 mkm, ya’ni odatdagi old kameralardan ancha sifatli. Uning burchak qamrovi 86 daraja.

HTC 10

3. BoomSound audio-ovoz texnologiyasi. Hi-Res Audio tizimiga xos 24 bitli raqamli-analogli o‘zgartirgich ovoz kuchaytirgichlardagi ovozning turli chastotalarda sifatli yangrashini ta’minlaydi.  Galaxy S7 gadjetida esa dinamik monofon bo‘lib, raqamli-analogli ovoz o‘zgartirgich texnologiyasi tatbiq etilmagan.

4. USB Type-C tezkor va universal ma’lumot almashish porti. Uning DisplayPort raqamli displey interfeysini qo‘llab-quvvatlovchi porti boshqa qurilmalar bilan ma’lumotlarni oson va tez almashishga xizmat qiladi.

Samsung esa Galaxy S7 gadjetida an’anaviy, ko‘pchilik norozi bo‘lgan microUSB portidan foydalangan.

5. HTC 10 smartfoni Apple’ning AirPlay texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, simsiz standart asosida musiqa, fotografiya va videoni qabul qilish texnologiyasi mazkur smartfonni ushbu standartga mo‘ljallangan yuzlab qo‘shimcha aksessuarlar bilan ulash imkonini beradi. Bu texnologiya HTC 10 gadjetiga qadar hali birorta Android smartfonda tatbiq qilinmagan edi.

samsung

Ammo adolat bilan aytish kerakki, Galaxy S7 smartfonining ham o‘ziga xos jihatlari juda ko‘p. Quyida ulardan 5 ta muhim o‘ziga xosliklarini havola qilamiz.

1. IP68 standarti, ya’ni suv va chang ta’siriga chidamli ekani uning eng katta yutug‘i. Galaxy S7 30 daqiqagacha 1.5 metr chuqurlikda “omon qolishi” mumkin. HTC 10 da ham shunga o‘xshash himoya tizimi bor. Faqat u IP58 standarti bo‘lib, suyuqlik sachragan hollarda mobil aloqa vositasi o‘zini undan himoya qila oladi.

2. Simsiz quvvatlash texnologiyasi. Orqa panelning shisha xomashyosidan tayyorlangani Galaxy S7 smartfonini simsiz quvvatlash imkonini yaratdi. HTC 10 alyuminiy qobiqqa ega bo‘lgani uchun metall induksion g‘altakka simsiz quvvat olishga to‘sqinlik qiladi.

s7 edge

3. Gorillla Glass 4 turidagi shisha himoya qatlami displeyning tirnalishi, xira tortishi va sinishining oldini oladi. Bu Corning kompaniyasining eng mustahkam himoya texnologiyasi hisoblanib, telefon tushib ketgan taqdirda ham, uni sinishdan himoyalanish darajasi yuqori. HTC 10 qurilmasida esa Gorillla Glass 3 himoya qatlami tatbiq qilingan.

4. Pulsomer texnologiyasi. Xabaringiz bo‘lsa, Samsung so‘nggi flagman turkumidagi barcha smartfonlarida mazkur texnologiyani joriy qilmoqda. Ayniqsa, sport mashg‘ulotlariga boradigan, sport ixlosmandlari bo‘lgan foydalanuvchilar bu skaner yordamida yurak urishi me’yorini nazorat qilishlari mumkin.

HTC hozircha bu texnologiya mavjud qurilmalar ishlab chiqarishda orqada qolmoqda.

5. Always On funksiyasi. Ushbu funksiya zarur ma’lumotni, ya’ni vaqt, kalendar, biror ogohalntirish, uchrashuv yoki tadbir, ilovani muntazam rejimda displeyning mudom yorug‘ turadigan qismida namoyish qilib turadi. Garchi, boshqa kompaniya flagmanlarida ushbu o‘ziga xos funksiya mavjud bo‘lsa ham, HTC 10 smartfonida u tatbiq etilmagan.

HTC 10 hamda Galaxy S7 smartfonlarining narxi ham deyarli bir xil, ya’ni $700 dollar atrofida. Biz yuqorida bir-biridan afzal va ustun jihatlarini taqqoslashga harakat qildik. Tanlov esa sizning qo‘lingizda.

HTC 10 smartfoni haqida batafsil bilib oling.

Galaxy S7 smartfoni haqida batafsil bilib oling.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.