HTC10 olgan ilk surat Galaxy S7′ imkoniyati bilan taqqoslandi

HTC10 olgan ilk surat Galaxy S7′ imkoniyati bilan taqqoslandi

Samsung’ning Galaxy S7 smartfoni eng yaxshi surat oladigan mobil gadjeti ekanligi haqida avval xabar bergan edik. Ammo birinchi bo‘lish bugungi raqobat kuchli zamonda oson emas. Har gal “eng yaxshi” degan nomga da’vo qilgan raqiblar endi Galaxy S7 bilan “jangga” kirishishi kerak bo‘ladi.

Yaqin-yaqingacha iPhone 6s Plus egallab turgan “eng yaxshi smartfon kamerasi” degan sharafli nom S7’ga o‘tishidan bir necha oy o‘tib, android qurilmalari orasidan unga qarshi munosib raqib ko‘zga tashlandi. Bu – HTC 10 smartfoni.

S7’ning yorug‘lik sezuvchanligi f/1.7 sig‘imda bo‘lgan ob’yektivi maksimal darajadagi imkoniyatga ega. Ya’ni, u professional ob’yektivli kameralar bilan deyarli bir suratga olishi mumkin. Undagi avtofokus tizimi Hasselblad kompaniyasining $26,000 dollar turadigan H6D-50c kamerasida ham o‘rnatilgan.

HTC-10-Hands-On-Silver-AH-4

Yaqindagina, 12 aprel kuni taqdim qilingan HTC 10 smartfonining kamerasi ham keng imkoniyatli. Smartfonning yorug‘lik sezuvchanligi sig‘im f/1.8. Ya’ni, bu jihatdan u S7’dan ham ustun. 12 megapikselli kamera avtofokus tizimiga ega.

Asosiy kamera UltraPixel va lazerli avtofokus texnologiyalariga ega. Kamera tasvirni optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlangan.

2 mikrondan iborat ultrapikselli tasvirga olish texnologiyasi kamera sensoriga an’anaviy standartga qaraganda 300 foiz ko‘proq yorug‘lik nuri tushishini ta’minlaydi. Bu esa yetarlicha yoritilmagan makonlarda ham sifatli suratlarni olishga imkon beradi.

Quyida Galaxy S7 hamda HTC 10 smartfonida olingan surat orqali ularning imkoniyatini taqqoslab ko‘ramiz.

htc 10 vs galaxy s7 8

Ko‘pchilik mutaxassis va foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, mazkur manzarani suratga olishda HTC 10’da olingan suratda ranglarning nisbatan tiniq va to‘q ekanligi qayd etilmoqda.