Huawei’dan 5G-smartfon: Kirin 980’da ishlaydi

  •   Saroy
  •  654
  •  19.09.2018 12:43

Huawei’dan  5G-smartfon: Kirin 980’da ishlaydi

Davos forumida Huawei vakilining ma’lum qilishicha, kompaniya 5G-smartfoni va boshqa shu bilan bog‘liq qurilmalarni ishlab chiqarishga tayyor turibdi. Shuningdek, u Huawei’ning  5G-smartfonini  2019 yilning o‘rtalarida chiqarishini ham ma’lum qildi. Bu yangilik kompaniyaning avval, 5G texnologiyasi allaqachon tayyor bo‘lgan, deb bergan bayonotini inkor etadi.

Kompaniyaning ishonch bilan aytishicha, 5G texnologiyasini ishga tushirish kompaniya sanoati uchun  o‘ta jiddiy qadam hisoblanadi, ya’ni bozorga mutlaqo yangi qurilma chiqariladi, shuningdek, yangi toifadagi aloqani o‘rnatish imkonini beradi. Kompaniya o‘zining Huawei Kirin 980 chipi bilan 5G texnologiyasi uchun yo‘l ochdi. Huawei Kirin 980 chipi sentyabr boshida bo‘lib o‘tgan IFA 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilgandi.

O‘QING:Huawei flagman planshetning arzonlashtirilgan versiyasini namoyish qildi

U chiplarning orasida birinchi bo‘lib LTE Cat.21 bilan qo‘llab quvvatlandi.  Kiruvchi trafikning eng yuqori tezligi  1,4 Gbit / s’ni tashkil etadi, shuningdek × 4 MIMO  1,2 Gbit/s va 2 × 2 MIMO 200 Mbit/s. U  256QAM’ni qo‘llab quvvatlaydi va eng tez 4.5G-mahsuloti hisoblanadi. Bundan tashqari, Kirin 980 chipi mustaqil tarzda Balong 5000 chastotasidan foydalanishi mumkin, chunki u 5G’ni to‘la qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING:IFA 2018: Eng qudratli – 7 nanometrlik ilk protsessorni Huawei taqdim etdi!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!