Huawei direktori innovatsion smartfon ishqibozlarini kuzgacha sabr qilishga chaqirmoqda

Huawei direktori innovatsion smartfon ishqibozlarini kuzgacha sabr qilishga chaqirmoqda

 

Huawei kompaniyasi Google’ning yangi DaydreamVR – virtual sayohat platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan ilk smartfonni ishlab chiqarishni reja qilmoqda.

Bu haqda Huawei direktori Richard Yu Amerikaning Wall Street Journal nashriga ma’lum qilgan. Kompaniya rahbarining aytishicha, qurilma joriy yilning kuzida namoyish qilinadi. Kompaniya direktori hozirgi smartfonlar virtual voqelik texnologiyasiga mo‘ljallanmaganini aytib, bu texnologiya ishqibozlaridan smartfon sotib olishga shoshmaslikni, yana bir necha oy sabr qilishlarini so‘ramoqda.

Google’ning onlayn sayohat qilish platformasining talablariga asoslanadigan bo‘lsak, Huawei’ning ushbu gadjeti kuchli protsessor, bir qator zamonaviy datchiklar va aniq-tiniq namoyish uchun yuqori darajadagi piksel zichligiga ega bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya keng imkoniyatli kameralarni ishlab chiqarish bo‘yicha Germaniyaning Leica kompaniyasi bilan 5 yillik hamkorlik shartnomasini imzolagan.

Shu bilan birga,  Samsung, HTC, LG, Xiaomi, ZTE, Asus, hamda Alcatel kompaniyalari Google Daydream virtual voqelik platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlarni ishlab chiqarishadi.

Ma’lumot uchun aytamiz, virtual voqelik nazariyasi 1938 yilda ilgari surilgan bo‘lib, uni 21 asrga kelibgina amalda tatbiq etishga erishilmoqda.

Virtual voqelik texnologiyasi datchik va sensorlar yordamida smartfon yoki maxsus displeyda biror real voqelikni – muhitning prototipini yaratish va foydalanuvchiga bu muhit bilan aloqaga kirishish, misol uchun  tegib ko‘rish, muloqot qilish, his qilish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!