Huawei flagman planshetning arzonlashtirilgan versiyasini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  756
  •  17.09.2018 14:41

Huawei flagman planshetning arzonlashtirilgan versiyasini namoyish qildi

Huawei kompaniyasi yangi  Huawei MediaPad M5 lite planshetini namoyish qildi. U qimmat flagman MediaPad M5’dan bir necha barobar oddiy va arzon.

Planshet 10,1-dyuymli IPS-displeyi bilan ta’minlanadi, uning sig‘imi Full HD (1920 x 1200 piksel). To‘rtta Harman Kardon dinamikasi bor. Apparatning asosini Kirin 659 protsessori tashkil etgan, u  3 yoki 4 GB tezkor va 32 GB’dan yuqori ichki flesh-xotiraga ega bo‘ladi. Kamera 8 Mp formatli. Akkumulyatorning sig‘imi 7500 mAch. Qurilma Android 8.0 bazasida  EMUI 8.0 boshqaruvida ishlaydi.

O‘QING:Google Duo videochatlari endi planshetlarda ham ishlaydi

M-Pen lite stilusida  sezgirlik 2 048 darajasigacha. Maxsus qisqich stilus tasodifan yo‘qolib qolishining oldini oladi. 
Huawei MediaPad M5 lite hozircha Rossiya bozoriga chiqadi, deyiladi xabarda, lekin tez kunlarda boshqa mintaqalarda ham sotuvga chiqishi kutilmoqda. Qurilma ikki versiyada xaridorlar e’tiboriga havola etiladi:

  • Huawei MediaPad M5 lite LTE (3 GB + 32 GB xotira) korpusining ranggi ko‘kimtir
  • Huawei MediaPad M5 lite Wi-Fi (4 GB + 32 GB xotira) ko‘kimtir va oltin rangda, komplektida stilus bo‘lmaydi.

O‘QING:Huawei MediaPad M5 Lite va T5 planshetlari sotuvga chiqmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!