Huawei fotokameralar ishlab chiqaruvchi afsonaviy nemis kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Huawei fotokameralar ishlab chiqaruvchi afsonaviy nemis kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Huawei qimmatbaho Leica fotokameralarini ishlab chiqaruvchi afsonaviy nemis kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani to‘g‘risida e’lon qildi. Hozircha hamkorlikdagi mahsulotlar haqida batafsil ma’lumotlar oshkor etilmadi, kompaniya press-relizi esa jadallik bilan rivojlanib borayotgan ikki brendning strategik alyansi va Leica mobil fotografiya segmentini o‘zi uchun kashf etayotgani haqida mavhum majoziy gap-so‘zlar bilan to‘lgan.

Mutaxassislar mazkur hamkorlik samarasi o‘laroq, Huawei smartfonlarida Leica optikalarining qo‘llanilishi mumkinligini istisno etishmayapti. Zero, bu borada Leica avvalroq Panasonic bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, uning CM1 Android smartfonida dyuymli matritsa va optikalari bilan ishtirok etgan. Shu bois tez orada Huawei`ning kamerafonlari haqida xabar berib qolsak ajab emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!